25 Mar “Quvnoq startlar” sport musobaqasi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ayol xodimlari va “AvtoOlam” jurnali tahririyati MCHJ ayol xodimflari o’rtasida “Quvnoq startlar”i o’tkazildi.

Ushbu “Quvnoq startlar”ini o’tkazishdan maqsad “21-mart Nаvro’z” bayrami arafasida ayol-xodimalarga bahoriy va bayramona kayfiyat ulashish hamda ularni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, epchil, irodali, jasur qilib tayyorlash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, bundan tashqari ayollarni o’zlari qiziqqan sport turlari bilan muntazam shug’ullanishlari uchun zamin yaratishdan iborat.

“Quvnoq startlar”da universitet ayol-xodimalaridan iborat “Turin malikalari” va “AvtoOlam” jurnali tahririyati MCHJ hodimalaridan iborat “AvtoOlam malikalari”  jamoalari o’zaro bellashdilar. Sportsevar ayollarning chaqqonligi, ziyrakligi va birdamligi sinovdan o’tkazildi. Ular bir nechta shartlar bo’yicha bellashdilar:  Xalqa ichida turgan to’plarni ikki qo’lda ko’tarib tezlik bilan marraga yetish, arqon bilan chopish va estafeta tayoqchasini navbatdagi sherigiga yetkazish, to’siqlar bilan harakat qilish (to’siqlar orqali harakat qilish, to’siqlardan o’tish),  sport anjomlari bilan yugurish, ko’zlari boylangan holda bir ishtirokchi sheriklariga yogurt ichirish  kabi murakkab shartlarda g’oliblik uchun kurashdilar.

Ushbu musobaqa shartlari ishtirokchilarga ko’tarinki ruh bag’ishladi. Ular bu kabi sport bellashuvlarini doimiy o’tkazilishiga taklif kiritdilar. Sport  bellashuvi jami 20 nafar ishtirokchini qamrab oldi. So’nggi natijalarga ko’ra universitet ayol-xodimalaridan iborat “Turin malikalari” jamoasi g’olib bo’ldi. G’oliblar Turin politexnika universiteti  xotin-qizlar qo’mitasi raisi F.Nabixanova tomonidan kirib kelayotgan “Navro’z” bayrami tabrik nutqi bilan qutlandi hamda g’oliblarga va faol ishtirokchilarga universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va sovg’alar topshirildi.