25 Mar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Koreyaning Sun Moon universiteti o’rtasida memorandum imzolandi.

25 mart kuni universitetimizga Koreyaning Sun Moon universiteti prezidenti Sun Jo Hvang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Sun Moon universiteti bilan hamkorlikda “Haydovchisiz o’zini-o’zi boshqaradigan Smart avtomobillar va kadrlar tayyorlash Akasemiyasini tashkil etish to’g’risida”gi memorandum imzolandi.
Tashkil etilganiga 47 yildan oshgan Koreyaning Sun Moon universiteti bugungi kunda “Gobal universitet” deb nom olgan bo’lib, avtomobilsozlik bo’yicha yuqori tajribaga ega dunyoning yetakchi universitetlaridan biri hisoblanadi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mexatronika markazi qoshida tashkil etiladigan ushbu Akademiyaning asosiy maqsadi mamlakatimiz mashinasozlik sanoatining muhim tarmog’i hisoblangan avtomobilsozlik sohasiga so’nggi yangiliklar va ilg’or tajribalar xususan, Sun Moon universitetining avtomobilsozlik bo’yicha tajribasini tadbiq etish, bo’lajak yosh muhandislarning malakasini oshirish hamda talabalarrning loyiha va ishlanmalarini hayotga tadbiq etishda ko’maklashishdir.