06 Apr Samsung Electronics Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

5 aprel kuni universitetimizga Kim Sang Yoon boshchiligidagi SAMSUNG ELECTRONICS OVERSEAS B.V. delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida SAMSUNG ELECTRONICS OVERSEAS B.V. hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.Memorandumda SAMSUNG ELECTRONICS OVERSEAS B.V. ko’magida ta’limda raqamli transformatsiyasidan foydalanishni yo’lga qo’yish xususida kelishuv amalga oshirildi.
Ma’lumki, ta’lim sektori raqobatbardosh bo’lgani sababli, raqamli transformatsiya hozirgi vaqtda eng zarur vositalardan biri bo’lib qolmoqda. Chunki raqamli transformatsiyalar ta’limda sezilarli o’zgarishlar, yangi imkoniyatlar va samaradorlikni yuzaga keltiradi.
Bundan tashqari, Kim Sang Yoon boshchiligidagi SAMSUNG ELECTRONICS OVERSEAS B.V. delegatsiyasi a’zolari shu kuni universitetimiz  laboratoriya xonalari, axborot resurs-markazi, mexatronika va metrologiya markazlarini ko’zdan kechirib, talabalarning texnik loyihalari va innovatsion ishlanmalari bilan tanishdilar.