11 Apr Universitetimizda “Bahor malikasi” ko‘rik-tanlovi o’tkazildi

Universitetimizda 4 aprel kuni qizlar o’rtasida “Bahor malikasi” ko‘rik-tanlovi bo’lib o’tdi. “Bahor malikasi” ko‘rik- tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli Farmoniga asosan mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi maqsadida o‘tkaziladigan tanlov hisoblanadi.

Tanlov avvalida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va Benkov nomidagi Respublika rassomlik kolleji talaba-o‘quvchilari tomonidan yaratilgan milliy liboslar ko’rgazmali defile chiqishlari o’tkazildi. Shuningdek, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hunarmand kulol yigitlari tomonidan o‘tkazilgan master klasslarda talabalarimiz katta  qiziqish bilan ishtirok etdilar.

Shundan so‘ng, universitet konferenszalida “Bahor malikasi” ko‘rik-tanlovi boshlandi. Tanlov avvalida,  yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ashurov so’zga chiqib, tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad – talaba-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun sharoit yaratish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Mazkur tanlovda Turin politexnika universiteti talaba-qizlaridan iborat 5 nafar ishtirokchi : Ortiqova Maxliyo, Kamolova Shahlo, Azizova Ozoda, Faxriddinova Nilufar, Karabaeva Samgina 4 ta shart bo’yicha bellashdilar. 1-shart: “Ko‘zgu oldidagi men”, 2-shart: “Bilimdonlik sinovi”, 3-shart: “Ijod gulshani”, 4-shart: “Soch turmagi” bo’yicha ishtirokchi qizlar o’z mahoratlarini namoyish etishdi. Birinchi: “Ko‘zgu oldidagi men” sharti bo‘yicha qizlar mustaqil tayyorlagan o‘zi haqidagi she’r va slaydni namoyish etdilar, ikkinchi shartda qizlar “Bilimdonlik sinovi”dan o‘tdilar, uchinchi shart: “Ijod gulshani” da qizlar she’r, qo‘shik, raqs ijro etdilar, so‘nggi shart “Soch turmagi shart”ida talaba-qizlar o‘zlarining dugonalari bilan birgalikda bahoriy, go‘zal va nafis soch turmagini yaratdilar.

Yakunlov shartlariga ko‘ra eng yuqori ballni 1- bosqich talabasi Kamolova Shahlo qo‘lga kiritdi va u birinchi o‘rin sohibasi hamda  “Bahor malikasi” sifatida e’tirof etildi. Ikiinchi o‘rinni Faxriddinova Nilufar, uchinchi o‘rinni esa Azizova Ozoda egalladilar.

Tanlov g‘oliblariga 1-darajali, 2-darajali, 3 – darajali diplomlar va ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Ushbu tanlov barcha ishtirokchilarga va tomoshabinlarga ham ko‘taringki ruh bag‘ishladi, qatnashchilar tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.