03 May Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti yosh o‘qituvchisi “Best IP-2018” tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Eng yaxshi intellektual mulk ob’yektlari uchun o’tkazilgan «Best IP — 2019» tanlovi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan Respublikada eng yaxshi intellektual mulk ob’yektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash orqali ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko‘maklashish hamda yoshlarni innovatsion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilda «Eng yaxshi ixtiro», «Eng yaxshi foydali model», «Eng yaxshi sanoat namunasi», «Eng yaxshi seleksiya yutug‘i», «Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi» hamda «Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi» nominatsiyalari bo‘yicha «Best IP — 2019» tanlovi e’lon qilingan edi.
Intellektual mulk agentligi tomonidan «Best IP – 2019» tanlovini o‘tkazish va nominantlarni aniqlash uchun intellektual mulk agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislaridan iborat tanlov tashkiliy qo‘mitasi hamda intellektual mulk ob’ektlari bo‘yicha komissiya tashkil qilindi.
Shu yilning 26 aprel kuni xalqaro binzes markazida intellektual mulk agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi doirasida o‘tkazilgan “Intellektual mulk” mavzusiga bag‘ishlangan sessiya yakunida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.. Ushbu tanlovda universitetimiz yosh o’qituvchisi Yoqubov Baxtiyor Zoid o‘g‘li “Yoshlar o‘rtasidagi eng yaxshi EHM dasturlovchisi” nominatsiyasi bo‘yicha «Blokcheyn tizimi orqali talabalar bilimini baholash» dasturi bilan g‘olib bo‘ldi.(DGU 05898-raqamli guvohnoma) .