21 May Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Politecnico di Torino o‘rtasida qo‘shma doktorarantura ochildi

Joriy yilda o’zining 10 yilligini keng nishonlagan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yubiley tadbirlari doirasida hamkor tashkilotlar xususan, Politecnico di Torino, «GM Uzbekistan» AJ hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti bilan kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar bo’yicha o’zaro muzokaralar tashkil etildi.

8 may kuni universitetda bo’lib o’tgan  “Yangi xalqaro akademik tashabbuslar” mavzusidagi  tadbirda Politecnico di Torino universiteti rektori Guido Saracco, Politecnico di Torino universiteti xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori prof. Francesca Verga so’zga chiqishdi va kelgusida Politecnico di Torino hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o’rtasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar,  doktorantlar o’rtasida aloqalarni rivojlantirish orqali ikkala iniversitet o’rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash to’g’risida gapirib o’tdilar.

Shu kuni Politecnico di Torino va TTPU o’rtasida xalqaro akademik tashabbuslar amalga oshirish bo’yicha hamkorlik memorandum imzolandi. Memorandumda Politecnico di Torino va TTPU o’rtasida doktorlik imtihoniga nomzodlarni birgalikda tayyorlash, ularga ko’maklshish, shuningdek, ushbu shartnomani amalga oshirish uchun birgalikda tuziladigan doktorlik qo’mitasining tuzilishi va ularning tarkibi, qo’mita doktorlik dasturiga kiradigan nomzodlarni baholashi,doktorlik ta’limining uch yillik davrida ularning o’sishini kuzatib borishi, har yili ro’yxatga olinadigan nomzodlar sonini belgilashi va ushbu shartnomani yangilash uchun takliflar taqdim etishi, shuningdek ,barcha doktorantlar Italiya va O’zbekistonning amaldagi qonunlari  qoidalarga rioya qilishlari shart ekanligi ko’rsatib o’tilgan.

Ushbu hamkorlik memorandumi universitetning ilmiy salohiyatini yanda rivojlantirishi shubhasiz.Ma’lumot uchun, hozirda universitetda 63 ta maxalliy hamda 47 ta Italiya Respublikasidan kelgan professorlar faoliyat olib borishidi. Universitet professorlari tomonidan olib borilayotgan  ilmiy- taqiqotlar xalqaro miqyosda ham  tan olinmoqda. Xususan, SciVal, Scopus xalqaro  nashri ma’lumotlar  bazasida ohirgi bor keltirilgan  Field-Weighted Citation Impact bo’yicha bo’yicha taqqoslangan O’zbekistondagi universitetlar reytingida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti  1-o’inni egallab turibdi.