21 May Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan urush faxriylari, qariyalar va nogironlar holidan xabar olindi

Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish borasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida har yili bir qator tadbirlar ishlar tashkil etiladi. Xotira va qadrlash kunini yuksak saviyada o’tkazishga universitetda ham tayyorgarlik qizg’in davom  etmoqda. O’tganlarni xotirlash, borlarini  esa qadriga yetish xalqimizga xos fazilatdir.

Urush faxriylari safida “Achaobod” maxallasida yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Appanov Abbos aka ham bor. Yaqinda 95 yoshni qarshilagan bu otaxon urush kezlarida juda mashaqqat ko’rib, hozirda davlatimiz tomonidan katta yuksak hurmat-ehtirom ko’rsatilyapti. Yurtimizda so’nggi yillarda qariyalarga, nogironlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri “Chimboy” va “Achaobod” mahallalarida ham bo’lib o’tdi. Universitet rahbariyati har yilgidek “Chimboy” va “Achaobod” maxallalari faxriylari honadonlariga bayram arafasida tashrif buyurib, ularni xolidan xabar olib, oz bo’lsada hayriya ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Bu yerda istiqomat qiluvchi Chimboy maxallasidan – Musaeva Matlyuba Maxamatjonovna (nogiron), Xoltoev Tojiddin  afg’on urushi  faxriysi, Askarov Izatilla (nogiron), Achaobod maxallasidan – Appanov Abbos ikkinchi jaxon urushi faxriysi, Ikromova Moxira (nogiron), Yuldasheva Nodira (kam ta’minlangan)lar xonadonlariga tashrif buyurib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi. Buni ularning  yuzlaridagi quvonchdan ko’rish mumkin  edi.

Xususan, Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi Appanov Abbos bobo: “Biz, urush qatnashchilari doimo davlatimiz  e’zozida  ekanimizdan behad xursandmiz. Xalqimiz osoyishtaligi, yoshlarimiz  emin- erkin o’qiyotgani, ishlayotgani, o’zi tanlagan sohada katta yutuqlarni qo’lga kiritayotgani uchun shukronalar aytaman“ deb o’z mamnuniyatini izxor  etdi. Bunday ulug’ keksalarimizga  ehtirom qilish barchamizning muqaddas burchimizdir. Zotan, ularning mardonavor jasoratlari va o’gitlari biz uchun doimo muhim hayot maktabi bo’lib xizmat qiladi.

Bu kabi tadbirlar nafaqat 9 may arafasida, balki, yil davomida biriktirilgan maxallalar bilan o’tkazib kelinmoqda. Chunki, faxriylarni  e’zozlash, o’tganlarni xotirlash barchamiz uchun ham farz, ham qarzdir!