22 May GRBS Professional Education hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 22 may kuni universitetimizga GRBS xalqaro tadqiqot va test markazi  bosh direktori Bahram Gurbanov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida ushbu tashkilot hamda universitet o’rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.

GRBS –  ACCA, NEBOSH, PMI, Pearson VUE, Kryterion, Cisco Academy, ETS, Prometric, BSI, Microsoft kabi dunyodagi yetakchi tashkilotlar tomonidan akkreditlangan Ozarbayjonning ta’lim va targ’ibot tashkiloti bo’lib, ta’lim va xizmat ko’rsatish sifatini baholash uchun ISO 9001 boshqaruv tizimini joriy qilish bo’yicha MDH mamlakatlaridagi birinchi ta’lim muassasasi sanaladi. Ushbu markaz dasturda turli darajadagi talabalar uchun ingliz va fransuz tillari bo’yicha kurslar, shuningdek biznes, tibbiyot, moliya va boshqa sohalarda mutaxassislar uchun ingliz tili dasturlari mavjud.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda GRBS Professional Education o’rtasida imzolangan hamkorlik memorandumida o’zaro loyihalarni amalga oshirishda ko’maklashish, taraqqiyot sohasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikda ta’lim resurslarini rivojlantirish, qo’shma konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, davra suhbatlari va turli tadbirlarni tashkil etish kabi vazifalar belgilab olindi.