11 Iyun “Sog’lom bola – sog’lom kelajak!” shiori ostida mahalla yoshlari ishtirokida futbol musobaqasi o’tkazildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida xar yilgidek futbol chempionati o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazildi.

Ushbu futbol o’yinlarini yoshlar o’rtasida o’tkazishdan maqsad biriktirilgan mahallalar bilan hamkorlikda ishlab, yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, turli xil illatlarni oldini olish, o’quvchi-yoshlarni birdamlik ruhida epchil, irodali, jasur qilib tayorlash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, bundan tashqari ularni o’zlari qiziqgan sport turlari bilan muntazam shug’ullanishlari uchun zamin yaratishdan iborat.

Shu munosabat bilan 10-iyun kuni universitetimizda “Chimboy” va  “Achaobod” mahallari bilan hamkorlikda mahalla yoshlari ishtirokida “Sog’lom bola – sog’lom kelajak!” shiori ostida futbol musobaqasi o’rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.  Jamoalar bir-birlari bilan o’yin o’tkazdilar va yakuniy natijaga ko’ra “Chimboy” mahallasi o’quvchi-yoshlari 2:1 hisobi bilan “Achaobod”  mahalla yoshlari jamoasini musobaqa nizomiga ko‘ra  mag’lub etib, birinchi o’rinni qo’lga kiritdilar.

Universitet sport murabbiylari tomonidan futbol o’yini kuzatib borildi. O’yin davomida kuzatiladigan xato va kamchiliklar oldi olindi.

Musobaqa yakuniga ko’ra barcha ishtirokchilar musobaqa tashkilotchilari va shaxsan universitet yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg’alari (badiiy kitoblar) bilan taqdirlandilar.

“O‘tkazilgan futbol o’yini bizlarni bir maqsad yo‘lida birlashtiribgina qolmay, yanada ko‘proq harakat qilishga, o‘z ustimizda ishlashga o‘rgatdi” – deydi g‘olib jamoaning yetakchi o‘yinchilaridan biri.

Shuningdek universitet raxbariyati tadbirni o’tkazishda yaqindan hamkorlik qilib, faol ishtiroki uchun barcha mahalla fuqarolar yig’inini tashakkurnomalar bilan taqdirladi.