14 Iyun O’zbekistonlik ingliz tili o’qituvchilari endilikda yurtimizning o’zida CELTA sertifikatini qo’lga kiritish imkoniga ega bo’lishadi

Cambridge universitetining Cambridge ingliz tilini baholash bo’yicha xalqaro tan olingan, kattalar uchun ingliz tilini o’qitish bo’yicha sertifikat (CELTA) – butun dunyodagi ingliz tili o’qituvchilari uchun eng yuqori darajada va keng e’tirof etilgan malaka bo’lib, hozirda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida Cambridge universitetining professorlari tomonidan olib borilayotgan  amaliy treyninglarda 12 nafar ingliz tili o’qituvchilari o’z pedagogik mahoratlarini oshirmoqdalar.

Endilikda CELTA amaliy mashg’ulotlarida ishtirok etib, sertifikatga ega bo’lish imkoniyati O’zbekistonlik ingliz tili o’qituvchilari uchun ham mavjud. O’quv kurslari Cambridge Assessments English hamda IDP IELTS kabi dunyodagi yetakchi tashkilotlar tomonidan akkreditlangan Edu-action kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Batafsil ma’lumotlar, http://edu-action.uz/ saytida keltirilgan.