28 Iyun Toshkent xalqaro forumi “TEMP – 2019” ishtirokchilari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdilar

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan kasaba uyushmalari yoshlarining “TEMP – 2019” Toshkent xalqaro forumi ishtirokchilari 27 iyun kuni universitetimizga tashrif buyurdilar.

Tashrif doirasida forumda ishtirok etayotgan 20 ga yaqin davlat yoshlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o’quv jarayoni,  talabalar uchun yaratilgan sharoitlar,  axborotresurs markazi, sport kompleksi, laboratoriya xonalari hamda metrologiya va mexatronika markazida bo’lib, ushbu ta’lim maskaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

Bundan tashqari xalqaro forum ishtirokchilari universitet talabalari tomonidan ishlangan innovatsion loyihalarni ko’zdan kechirib, universitet yoshlari bilan bevosita muloqotda bo’ldilar. Aytish mumkinki, muloqot jarayonlari forum ishtirokchilariga mamlakatimizda  yoshlar masalasi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar va talabalarning qiziqishlari bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot olish hamda yoshlar o’rtasida o’zaro fikr va tajriba almash imkonini berdi.