03 Iyul “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida mahalla o’quvchi yoshlari bilan davra suhbati o’tkazildi

Hozirgi kunda butun dunyoda giyohvandlik illati, xalqaro narkobiznes va u bilan bog‘liq jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari tobora kuchayib bormoqda. Sababi, giyohvandlik- asr vabosi hozirgacha ko’plab insonlar ayniqsa, yoshlarning hayotini izdan chiqarmoqda.
Joriy yilning 2 iyulida universitetimizda Toshkent shahar narkalogiya dispanseri, “Chimboy” va “Аchaobod” mahallalari bilan hamkorlikda “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.Unda universitet xodimlari, “Chimboy” va “Аchaobod” mahalla faollari hamda o’quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Davra suhbatida Toshkent shahar narkalogiya dispanseri vrach-narkologi Abdaliyeva Nodira Komildjonova giyohvandlik tushunchasi, giyohvandlikning kishilar sog’ligi, shaxsiy hayoti, oilasiga solayotgan tahdidi va umuman hayotini izdan chiqarib yuborishi xususida gapirib, hozirda giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida ma’lumot berdi.
Bo’lib o’tgan suhbat davomida o’quvchi yoshlarga sog’lom turmush tarziga rioya qilish, doimiy sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish, kitob o’qish va tengdoshlari bilan badiiy adabiyotlar to’g’risida fikr almashish nafaqat bolalar tarbiyasida muhim ro’l o’ynashi, balki har qanday salbiy illatlarni oldini olishning ham garovi ekanligi ta’kidlandi.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchbu uchrashuvda muhokama qilingan masalalar yuzasidan o’quvchilarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Davra suhbatidan so’ng, “Chimboy” va “Аchaobod o’quvchi-yoshlariga universitet bo’ylab sayohat uyushtirildi.