04 Iyul Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida 2019-2020 o’quv yili uchun kirish imtihonlari bo’lib o’tmoqda.

Ayni kunlarda, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida 2019-2020 o’quv yili uchun kirish imtihonlari o’tkazilmoqda. Kecha, 3-iyul kuni, boshlangan kirish imtihonlarida Universitetga hujjat topshirgan abituriyentlarning 600 nafari Onlayn Testda bilimlarini sinovdan o’tkazib, o’z natijalarini bilishga muvaffaq bo’ldilar. Universitetda kirish imtihonlarining shaffof o’tishi uchun yuqori darajada tayyorgarlik ko’rilganligi bois, Onlayn Test jarayonida hech qanday muammolar kuzatilmayapti. Dastlab, belgilangan test sinoviga kiruvchi abituriyentlarning shaxsini tasqidlovchi hujjati tekshirib ko’rilgandan so’ng, yuzni aniqlovchi elektron qurilma orqali abituriyentlar bazasidagi ma’lumotlarning muvofiqligi nazorat qilinmoqda. Shundan so’ng, abituriyentlarga imtihon oldidan, Universitet qabul komissiyasi a’zolari tomonidan Onlayn Test jarayoni bilan bog’liq qonun-qoidalar tushuntirilib o’tilmoqda. Imtihon zalida Onlayn Test jarayonini Italiyadan kelgan yuqori malakali Professorlar nazorat qilishmoqda.
Bugun Universitetga kirish imtihonlarining 2-kuni bo’lib o’tdi.
Ma’lumot uchun: bu yili Universitetga jami 1648 nafar abituriyent hujjat topshirgan.