12 Iyul O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari III konferensiyasi qatnashchilarining – universitetimizga tashrifi

Joriy yilning 9 iyulida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari III konferensiyasida ishtirok etayotgan Yaponiyaning Tokai universiteti Fizika kafedrasi Xalqaro aloqalar bo’limi bosh direktori Sh.Yamaguchi boshchiligidagi delegatsiya hamda Nagoya universiteti vakillari universitetimizga tashrif buyurdilar.
Shu kuni Yaponiyaning eng nufuzli oliygohlaridan bo’lgan Nagoya hamda Tokai universiteti vakillari universitetimiz rektori O’ktam Salomov bilan uchrashdilar va kelgusida ta’lim hamda tadqiqot sohasida hamkorlikni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, muhokama jarayonida o’zaro hamkorlikda konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlar tashkil etish, talabalar almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish, umumiy ilmiy laboratoriyalar yaratish to’g’risidagi o’zaro anglashuv memorandumini imzolash bo’yicha kelishuv amalga oshirildi.
Shuningdek, tashrif doirasida universitetimizda mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida faoliyat olib boruvchi fizik olimlar va shifokorlar ishtirkida ilmiy seminar o’tkazildi. Unda Tokay universiteti Fizika kafedrasi Xalqaro aloqalar bo’limi bosh direktori Sh.Yamaguchi o’zining ilmiy yo’nalishi bo’yicha “Cavity Enhanced Laser Absorption Sensor Technology for Medical Applications” mavzusida ma’ruza qildi.
Shubhasiz, tashkil etilgan o’quv seminari Yaponiya va O’zbekistonlik soha olimlari uchun o’zaro tajriba va fikr almashish imkonini yaratdi.