17 Iyul Olmazor tumanida “Xalq madaniyati-uning o’lmas liboslaridadir!» nomli milliy liboslar ko’rgazmasi tashkil etildi

Eng ulug’ ayyomlarimizdan biri,  Mustaqillik bayrami tantalariga ham yaqin qoldi. Joylarda ushbu bayramga tayyorgarlik ishlari allaqachon, boshlab yuborilgan.

Joriy yilning 13 iyulida Olmazor tumani hokimligi va tuman Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yillik bayrami munosabati bilan «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» g‘oyasi ostida «Xalq madaniyati – uning o’lmas liboslaridadir!» nomli milliy liboslar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda Olmazor tumani hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalari xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti yetakchilari hamda tumanda istiqomat qiluvchi turli mahalla  ayollari ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda universitetimiz xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich  tashkiloti raisi  Fariza Nabixanova ham faol qatnashdi. Shu kuni bir-biridan go’zal atlas, adras, beqasam kabi rang-barang, nafis va go‘zal matolarimizdan tikilgan milliy o’zbek liboslarida ayollarimiz milliy madaniyatimizning naqadar jozibador ekanligini yana bir bor namoyish etdilar.

Shuningdek, tadbir davomida Olmazor tuman hokimligi tomonidan tuman mahallalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning  ijtimoiy hayotda faol ishtirokini ta’minlash, o’sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash borasida tuman hokimligi bilan hamkorlik qilib kelayotgan  bir qator faol ayollar mukofotlandilar. Xususan, universitetimiz «Yoshlar bilan ishlash» bo’limi boshlig’i Gulbahor Allamovaga ham hamkorlikdagi tadbirlarda tashabbuskorligi uchun esdalik sovg’asi va tashakkunoma taqdim etildi.