03 Avg UNIVERSITETIMIZ TALABALARI AKADEMIK HAMKORLIK LOYIHASI BO’YICHA JANUBIY KOREYANING SUN MOON UNIVERSITETIGA JO’NAB KETISHDI

Joriy yilning 30 iyul kuni universitetimizning 40 nafar talabalari hamda 2 nafar Mexatronika markazi mutahassislari Janubiy Koreyaning Sun Moon universiteti bilan imzolangan memorandumning akademik hamkorlik bo’yicha o’quv dasturida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaning Asan shahriga jo’nab ketdilar.
2019 yilning 25 martida “Smart avtomobillar va kadrlar tayyorlash Akademiyasini tashkil etish to’g’risida” Toshkent shahridagi Turin politexnika va Sun Moon universitetlari o’rtasida imzolangan mazkur memorandumning ilk grant loyihasi “Aqlli avtomobilni dasturlash 3” mavzusida bo’lib, talabalarga “3D dizayn”, “Catia 3D Experience MDE” hamda Arduino dasturlash kursi bo’yicha Sun Moon Universiteti Smart Automotive Engineering fakultetining yetakchi professorlari tomonidan darslar olib boriladi.
Mazkur o’quv loyihasida ishtirok etayotgan 10 nafar universitet talabalari -“O’zavtosanoat” Aksiyadorlik Kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan bo’lib, Sun Moon Universitetida bo’lib o’tadigan darslar 24 avgustga qadar davom etadi.