10 Sen “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!” shiori ostida bo’lib o’tgan “Mustaqillik darsi”

Bugun universitetimizda 2019-2020 o’quv yili “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!”  shiori ostidagi “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi.Tadbirda professor-o’qituvchilar hamda joriy yilda universitetimiz talabalari safiga qo’shilgan birinchi bosqich talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni universitetimizning yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ashurov ochib berib, barchani mustaqilligimizning 28 yillik bayrami hamda yangi o’quv yili boshlanganligi bilan qutladi.

Shundan so’ng, universitetimizni tamomlagan bitiruvchilar nomidan “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni sohibi hozirda “Turin Invest Engineering” innovatsiya markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Bobur Zokirov so’zga chiqib, talabalarga universitetimizda yoshlarning har tomonlama zamonaviy bilim olishlari hamda o’z bilim va iste’dodlarini namoyish etishlari uchun yaratilgan sharoitlar, universitetimiz qoshidagi Mexatronika markazi injiner mutahassislari tomonidan amalga oshirib kelinayotgan innovatsion loyihalar to’g’risida gapirib o’tdi va talabalarni darsdan keyingi bo’sh vaqtlarida ushbu markazda avtomobilsozlik va robototexnika borasida amaliy tajribani egallashlari va turli loyihalarda qatnashishlari uchun qulay imkoniyatlar mavjud ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda so’z olgan universitetimiz Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri V.Holov mamlakatimizda  o’tgan 28 yil davomida turli sohalarda amalga oshirilgan davlat siyosatining asosiy mazmun va mohiyati xususan, “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi Harakatlar strategiyasi” va uni amalga oshirish bo’yicha amalga oshirilgan loyihalar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid beshta tashabbusi va umuman mamlakatimiz tarixida o’chmas sahifa ochgan buyuk istiqlol tufayli O’zbekiston o’tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab borayotganligi to’g’risida ma’lumotlar berdi.