25 Okt Talabalarimiz Respublika talaba-yoshlar festivalida ishtirok etishdi

TTPU
image_print

Yurtimizda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, o’z iqtidorini namoyon etish, ularning dunyoqarashi va fikrlash doirasini yanada kengaytirish va bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ko’plab islohotlar va chora-tadbirlar o’tkazilmoqda.

Ulardan biri 17, 18, 19 oktabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!” shiori ostida o’tkazilayotgan Respublika talaba-yoshlar festivali bo’lib o’tdi. Festival doirasidagi tadbirlarga oliy ta’lim muassasalarining madaniyat va san’at, sport va sog’lom turmush tarzi, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish, badiiy ijod va kitobxonlik hamda milliy hunarmandchilik yo’nalishlari bo’yicha iqtidorli talaba-yoshlari jalb etildi. Festivalning assosiy maqsadi oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talaba-yoshlar qalbida Vatan taqdiriga daxldorlik tuy’usini shakllantirish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash, talabalarning jamiyatda munosib o’rin topishlari hamda o’zlari qiziqqan sohaning yetuk mutaxassisi bo’lib yetishlariga ko’maklashish edi.

Mazkur festivalning “IT- ko’rgazma” hamda Oliy ta’lim muassasalarining beshta muhim tashabbus bo’yicha loyihalari ko’rgazmasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari ham ishtirok etdilar. Universitetning 4-bosqich talabasi Javohir Rahimov (robototexnika boʻyicha 2 karra Respublika gʻolibi) va 3-bosqich talabasi Yaxyoev Muhammadrizo (“RobotUZ-2019” koʻrik tanlovi gʻolibi) o’zlarining “Roboland” nomli konstruktorlari, “iRobot” nomli raqsga tushadigan robotlari va “Arduino” nomli kitob-qo’llanmalari bilan ishtirok etdilar.

“Roboland” – bu elektronika va dasturlash yo’nalishi bo’yicha yoshlarga ta’lim berish maqsadida ishlab chiqilgan konstruktor bo’lib unda 200 dan ortiq elektron qurilmalar mavjud. Bu qurilmalar orqali 44 ta amaliy loyihalarni amlaga oshirsa bo’ladi. Masalan, biz kundalik hayotimizda foydalanayotgan ko’plab turdagi texnikalar, telefon, turniket tizimi, aqlli termometrlar, aqlli chiroqlar, uylar, issiqxonalar loyihalarining elektronika va dasturlash qismlarini bajarsa bo’ladi. Na’muna sifatida namoyish etilgangan “iRobot” ham shular jumlasidandir. Bundan tashqari ushbu konstruktorda o’zbek tilida yozilgan qo’llanma kitob mavjud bo’lib bu orqali o’quvchilar dastrulash va elektronika asoslarini mustaqil ravishda ham o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Eslatib o’tish kerakki ushbu qo’llanma kitob robototexnika bo’yicha o’zbek tilida yozilgan ilk adabiyot hisoblanadi.

Talabalarning bu ixtirolari ko’plab kuzatuvchilarda qiziqish uyg’otdi va eng assosiysi ishtirokchilarni o’ziga bo’lgan ishonchini yanada orttirdi.