28 Okt She’riatning manftukor satrlari

TTPU
image_print

Dunyoda 7000 ga yaqin til mavjud va ularning har biri o’ziga xos chiroyiga ega. Eng ommabop tillar reytingida 6-o’rinni egalaydigan rus tilida 17 mamlakatda so’zlashishadi. Respublikamizda ham rus tilini o’rganishga katta e’tibor berilgan.
Joriy yilning 23-oktyabrida universitetining O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti va ijtimoiy-iqtisodiy kafedrasi rus tili o’qituvchisi L. Tomchani tashabbusi bilan universitet talabalari va universitetning akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida “She’riatning manftukor satrlari” nomli she’riyati kechasi bo’lib o’tdi. Tadbirning maqsadi texnik yo’nalishlarda o’qiyotgan TTPU talabalarining ijodiy qobiliyatlariga alohida ahamiyat berish va rus tiliga bo’lgan qiziqishini orttirish edi.
Tadbirni rus tili o’qituvchisi L. Tomchani ochib berdi. She’riyat oqshomi ijodkor talabalarning o’z qalamlariga mansub bo’lgan qator she’rlari bilan boshlandi. Talabalar o’z she’rlarida vatanga, ota-onalarga va hayotga bo’lgan muhabbatlarini izhor etdilar. Shuningdek, ular S. Yesenin, A. Pushkin, M. Lermontov, A. Blok va boshqa buyuk shoir va yozuvchilarning she’rlarini yod olishdi. Tadbirda o’zbek she’riyatiga mansub Muhammad Yusuf, Abdulla Oripov va turk shoirlarining she’rlari o’qildi.
Tadbirda universitet xotin-qizlar qo’mitasi raisi F.Nabixanova ham ishtirok etdi. Talabalarga yaxshi tayyorgarlik ko’rgani va tadbirda ishtirok etganlari uchun minnatdorchilik bildirib, ishtirokchilarga faxriy yorliqlar topshirdi.