02 Noy UNLOCK dasturining birinchi mehmoni Murod Nazarov bo’ldi.

TTPU
image_print

UNLOCK dasturi – bu muvaffaqiyatli insonlar va taniqli shaxslar ishtirokida o’tkaziladigan yangi TTPU talabalari uchun mo’ljallangan motivatsion loyihadur. Tadbirning maqsadi – talabalarning hayotiga, o’qishlariga va kasbiy faoliyatlariga ijobiy qarashni uyg’otish, o’zlariga bo’lgan ishonchni orttirish va hayotda o’z yo’llarini topishda ko’maklashishdir. Universitetimizda joriy yilning 30 oktyabr kuni taniqli va katta tadbirkor, “MURAD BUILDINGS” kompaniyasining asoschisi va rahbari, Murod Nazarov ishtirokida UNLOCK dasturi doirasidagi birinchi uchrashuv bo’lib o’tdi. Suhbatning mavzusi uning “Talabalikdan muvaffaqiyatli biznesgacha” bo’lgan hikoyasi bo’ldi. M. Nazarov o’zining  shaxsiy va kasbiy hayot yo’llarida to’plagan tajribasi haqida gapirib, yirik loyihalarni boshqarish, samarali strategiyalarni ishlab chiqish va muvaffaqiyatli jamoani shakllantirish bo’yicha maslahatlar berdi. Talabalar uning shaxsiy hayoti, “Nest One” loyihasi va kelajakdagi rejalari haqida bir nechta qiziqarli savollarni berishdi. Suhbat professional va shaxsiy rivojlanish uchun foydali maslahatlar va ijobiy lahzalarga boy bo’ldi. Barcha ishtirokchilar o’zlari uchun foydali va qiziq bo’lgan ma’lumotlarni olishga muvofiq bo’lishdi.

Universitet rahbariyati va talabalari M. Nazarovga barcha maqsadlar va ulkan yutuqlarga erishishni tilab qolib, uchrashish va yoqimli, samimiy suhbat o’tkazish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Bizning telegram kanalimizda UNLOCK loyihasining barcha voqealari va yangiliklaridan xabardor bo’ling. (https://t.me/unlocktalks)