04 Noy “Xalqaro muhandislik akademiyasining muxbir a’zosi” unvoni taqdimot uchrashuvi

TTPU
image_print

Xalqaro muhandislik akademiyasining Umumiy yig’ilishining 2019 yil 26 apreldagi 18-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan qaroriga binoan Sharipov K.A. va Toshpo’latov M.M “Xalqaro muhandislik akademiyasining muxbir a’zolari” etib saylandilar. 

TTPU Sharipov Kongratbay Avezimbetovich – texnika fanlari doktori, professor, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasining ekspert komissiyasining a’zosi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 16.07.2013.Т.07.01-sonli “Ilmiy Kengash fan doktori darajasini berish to’g’risidagi nizom” ga muvofiq Toshkent avtomobil yo’llari instituti Ilmiy kengash a’zosi. 2009 yil iyul oyidan 2010 yil sentyabrigacha u Toshkentdagi Turin politexnika universitetining birinchi prorektori, 2010 yildan 2019 yilgacha universitet rektori bo’lgan. Uning rahbarligi ostida 6 ta davlat innovatsion ilmiy-texnik loyihalar ishlab chiqilgan, 275 ta ishlar nashr etilgan, shundan 5tasi monografiya, 3ta darslik, 10ta o’quv qo’llanma, 240ta ilmiy va 21ta uslubiy ishlar. U litsenziyalar berilgan 20ta ixtirolarning muallifidir.

 

 

 

 

 

TTPU

Toshpo’latov Marvar Mukaddirovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent, professor.  2011 yildan – Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida davlat grantlari rahbari. Tashpulatov M.M. 5ta monografiya, 8ta darslik, 14ta o’quv qo’llanma va 4 tildagi 2ta terminologik tushuntirish lug’atlari, 126ta ilmiy maqola va ma’ruzalar muallifi. Shuningdek, u 11 ta davlatning innovatsion ilmiy-texnik loyihalari rahbari, 1ta fan nomzodini tayyorlagan. U “O’zbekiston yoshlariga xizmat ko’rsatgan murabbiy” faxriy unvoniga sazovor bo’lgan. Shuningdek, u “O’zbekiston va Toshkent shahrining xizmat ko’rsatgan avtoulovchisi”, “Oliy va o’rta maxsus ta’limning a’lochisi”, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishonlari va sobiq ittifoqning medallari bilan taqdirlangan.

 

 

 

 

 

Joriy yilning 28 oktyabr kuni universitetda Xalqaro muhandislik akademiyasining professorlari K. A. Sharipov va M.M.Toshpo’latovlarga “Xalqaro muhandislik akademiyasining muxbir a’zosi” unvoni berilgani munosabati bilan diplom taqdimoti bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuvda universitet rektori, professor U. Salomov hamda muhandislik akademiyasi a’zolari V. V. Kobulov va I.X.Normatov  professorlar K. Sharipov va M. Toshpo’latovni Xalqaro muhandislik akademiyasining muxbir a’zosi unvoniga sazovor bo’lgani bilan tabrikladilar va diplomlarni taqdim etdilar. Shuningdek, professor M.Toshpo’latovga Toshkentdagi Turin politexnika universitetining faxriy professori diploma ham topshirildi.

Hamkasblar professorlarga muhandislik faniga va respublikamiz taraqqiyotiga qo’shgan hissalari uchun samimiy minnatdorchilik bildirishdi, ularga yanada yuqori cho’qqilarni zabt etishlarini va ustozlarining izidan boradigan ko’plab talabalari bo’lishini tilab qolishdi.