06 Noy Xalqaro Robototexnika bo’yicha Musobaqa-2019

TTPU

InnoWeek innovatsion haftaligi doirasida O’zbekistonda Xalqaro Robototexnika bo’yicha Musobaqa ikkinchi marotaba o’tkazilmoqda. Musobaqa Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan Islomiy Hamkorlik Tashkiloti (IKT) ko’magida tashkil etildi. Xalqaro robototexnika sinovlarining asosiy maqsadi robototexnika rivojida dunyo davlatlari bilan hamkorlik qilish, yoshlarning sport va ta’lim robototexnikasiga qiziqishini oshirish, muhandislik kasblarining nufuzini oshirishdan iborat.

Musobaqada ikki yosh toifasidagi radiotexnika va robototexnika ixlosmandlari ishtirok etdi: 9 yoshdan 17 yoshgacha (Junior) va 17 yoshdan 23 yoshgacha (Senior) bo’lgan 26 xorijiy davlatlardan kelgan ishtorokchilar, shu jumladan O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Ummon, Sudan, Nigeriya, Rossiya , va boshqalar. O’zbekiston nomidan JustRobotics, Robokids, ArtelSchool, Nobelis va boshqa innovatsion maktab o’quvchilari musobaqada qatnashdilar. Musobaqa 3 bosqichda besh toifada o’tkazildi: Robo-Sumo Senior, Robo Football Senior, Robo-Sumo Junior, Wasto Sort Out va Kegel Ring.

Musobaqaning birinchi bosqichida 23-27 oktyabr kunlari Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Koreyaning Yoju texnik institutida bo’lib o’tdi. Tanlovda O’zbekistonning barcha shahar va viloyatlaridan kelgan ishtirokchilar qatnashdi. Musobaqa natijalariga ko’ra, xalqaro musobaqada qatnashish uchun yo’llanma olgan 168 jamoadan 68 ta jamoa tanlab olindi.

Tanlovning 2-bosqichi 29-30-oktabr kunlari “O’zekspomarkaz” MMKda bo’lib o’tdi, unda O’zbekiston ishtirokchilari boshqa xorijiy davlatlar ishtirokchilari bilan raqobatlashish imkoniyattiga ega bo’lishdi. Eng yuqori ball to’plagan jamoalar musobaqaning keyingi bosqichiga o’tishdi.

Musobaqaning hal qiluvchi 3 bosqichi – yarim final va final  o’yinlari 31 oktyabr kuni “O’zekspomarkaz” MKMda bo’lib o’tdi. Yakuniy musobaqa natijalariga ko’ra, O’zbekiston Kegel Ring toifasida 1, 2, 3-o’rin, Robo-Sumo Junior va Robo Football Senior toifasida 2-o’rin va Waste Sort Out va Robo Football Senior toifalarida 3-o’rinni egalladi. Kichik toifadagi g’oliblar diplom va texnika (Artel va Vista televizorlari va telefonlari) bilan, kattalar esa diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.