18 Noy “MDH uchun 100 ta g’oya-2019” – Shoxrux Haydarov o’zining “SHAXCAR” nomli avtomobil tizimi loyihasi bilan ishtirok etdi.

TTPU
image_print

“MDH uchun 100 ta g’oya” loyihasi – MDHga a’zo davlatlarning yoshlar bilan ishlash sohasidagi hamkorligi to’g’risidagi bitimni amalga oshirish maqsadida, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlarning xalqaro yoshlar loyihasi, 2020 yilgacha bo’lgan davrda xalqaro yoshlar hamkorligi strategiyasini amalga oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan xalqaro yoshlar loyihasidir. “MDH uchun 100 ta g’oya” loyihasi 2014 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba amalga oshiriladi: milliy (saralash) va xalqaro (yakuniy).

Joriy yilning 15-noyabr kuni Bokuda bo’lib o’tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlar yoshlari bilan ishlash kengashining yig’ilishi doirasida Baku Crystal Hall media-markazida “MDH uchun 100 ta g’oya-2019” xalqaro yoshlar loyihasi tanlovida g’olib bo’lgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Ta’kidlanishicha, tanlovda MDHga a’zo davlatlarning fan, texnologiya, tibbiyot va boshqa faoliyat sohalaridagi 30 dan ortiq yoshlarning loyihalari namoyish etildi, ularning 12 nafari hakamlar hay’ati tomonidan g’olib deb topildi. Tanlov g’oliblari orasida O’zbekistonlik ishtirokchi, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabasi Shoxrux Haydarov o’zining “SHAXCAR” nomli avtomobil tizimi loyihasi bilan ishtirok etdi.

“SHAXCAR” avtomobil tizimi – bu mobil telefon yordamida avtomashinalarni boshqarish tizimi. Tizim (mijozning hohishiiga binoan) barcha simsiz WiFi, Bluetooth, GPS, GSM kabi uzoq tarmoqlarda ham ishlay oladi. Ovozni aniqlash tizimi (Voice recognition) orqali, shuningdek, barmoq izlari tizimi orqali turli xil operatsiyalarni ham boshqarishni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Avtomobil egasini ogohlantiruvchi signalizatsiya ishga tushganida, dunyoning istalgan burchagiga ROUMING yordamida SMS-xabar egasining raqamiga yuboriladi.

Loyihalar tanlovi yakunida g’oliblarga g’olib ishtirokchi diplomlari va “MDH uc

hun 100 ta g’oya” loyihasida qatnashganlik to’g’risidagi sertifikat topshirildi.

“SHAXCAR” avtosistemasi loyihasi haqida batafsil ma’lumotni ushbu Telegram kanalida topishingiz mumkin: https://t.me/SHAXCAR