02 Dek Davronbek Turdiev “Unlock” loyihasining ikkinchi mehmoni bo’ldi

TTPU
image_print

Shunday ko’nikmalar mavjudki ularsiz yaxshash mumkin. Ammo ular o’zlashtirilgach, hayot sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. Masalan, mnemonika. Mnemonika – bu hamma narsani eslab qolishga imkon beradigan maxsus texnika va usullar dasturi. Tasavvur qiling endi siz barcha parollar va yangi tanishlarning ismlarini eslaysiz va inglizcha so’zlarni ikki uch barobar tezroq yodlab olasiz. Ushbu dastur dunyoda katta shuhrat qozonmoqda va asta-sekin bizning shahrimiz aholisida qiziqish uyg’otmoqda.

Davronbek Turdiev – Toshkent Mnemosport Federatsiyasi raisi, Mnemonika bo’yicha Rossiya Federatsiyasi “Я Могу!” va ” Удивительные люди” loyihalari ishtirokchisi– joriy yilning 22 noyabr kuni “Unlock” loyihasining ikkinchi mehmoni bo’ldi. Suhbat davomida mnemonika bo’yicha mahoraat darslari va mehmonning shaxsiy va kasbiy hayoti haqida qiziqarli suhbat bo’lib o’tdi.

Uchrashuv boshida tinglovchilar tomonidan 9 ta ikkilik kodlar aytildi va doskaga yozildi, Davronbek Turdievga 5 daqiqa ichida ularni eslab qolish imkoniyati berildi. So’ng mehmonimiz bilan qizg’in suhbat davom etdi. Davronbek mnemonikada professional faoliyatini boshlagandan keyin qatnashgan loyihalari va ulardagi mag’lubiyat, yutuqlari haqida ham so’zlab berdi. Rekordchimizning  “Я Могу!” va ” Удивительные люди” loyihalaridagi ishtiroki tinglovchilarda katta tassurot qoldirdi. Suhbat davomida mnemonikani o’rganishning ahamiyati va imtiyozlari, O’zbekiston Mnemosport federatsiyasi, chempionning ustoz va murabbiylari va kelgusi rejalari haqida bir nechta qiziqarli savollarga javoblar berildi. Suhbat oxirida Davronbek Turdiev suhbat boshida unga ko’rsatilgan barcha ikkilik kodlarni aniq aytib berdi, bu butun zalda o’tirgan tinglovchilarni hayratda soldi.

Suhbat universitet talabalari uchun miyaning samaradorligini oshirish, xotirani rivojlantirish va kontsentratsiyani oshirish bo’yicha foydali maslahatlar va maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan motivatsion gaplar bilan tugatildi.