06 Dek UnlockTours loyihasining birinchi ekskursiyasi Hot Lunch ishlab chiqarish fabrikasiga bo’ldi

TTPU
image_print

Har birimiz hayotimizda hech bo’lmaganda bir marta qandaydir kompaniyaning tez tayyorlanuvchi lag’monni tatib, uning ajoyib mazasidan bahramand bo’lganganmiz. Hot Lunch respublikamizdagi eng mashhur tez tayyorlanadigan lag’mon ishlab chiqaradigan kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Shu yilning 28 noyabr kuni “Unlock” jamoasi tashabbusi bilan Hot lunch ishlab chiqarish zavodiga birinchi o’quv safari bo’lib o’tdi. Safardan bir hafta oldin, so’rovnoma natijalariga ko’ra, ushbu turda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lgan 30 ta universitet talabalari saralab olindi. Universitet tomonidan tashkil etilgan maxsus avtobus barcha tashkilotchilar va ishtirokchilarni manzilga etkazdi.
Zavod ma’muriyati ekskursiyaning barcha ishtirokchilariga lag’mon tayyorlanishi (xamirni tayyorlash, yoyish, kesish, bug’lash, qovurish va quritish), ziravorlar tayyorlanishi (quritish, kesish) va tayyor mahsulot qadoqlanishi jarayoni bilan tanishtirdilar. Sayohat oxirida ishtirokchilar turli xil tayyor pishirilgan lag’monlarni tatib ko’rish va baholash imkoniyatiga ega bo’ldilar. Sayohat ohirida barcha talabalarga “Hot Lunch” lag’mon sovg’alari berildi va mahsulot ishlab chiqarilishi haqida savollarga javob bergan faol ishtirokchilarga alohida N’Medov tomonidan ham so’vrinlar topshirildi.
Bir so’z bilan aytganda, sayohatimiz muvaffaqiyatli o’tdi!
Barcha ishtirokchilar nomidan “Hot Lunch” ishlab chiqarish fabrikasi ma’muriyatiga va alohida UnlockTours loyihasiga, O’zbekistondagi eng faol rivojlanib borayotgan fabrikalardan biriga juda foyidali va unutilmas ekskursiya tashkil etganlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz!