27 Dek “Open Data Challenge – 2019”

TTPU
image_print

Joriy yilning 13, 14 va 15 dekabr kunlari Turin universiteti binosida har yili o’tkaziladigan “Open Data Challenge Hackathon” bo’lib o’tdi. Unda Toshkent shahri va O’zbekiston Respublikasi viloyatlaridan taxminan 150 kishi ishtirok etdi.
“Open Data Challenge” – bu jamoat, ijtimoiy, biznes sohalarida, shuningdek, ma’lumotlar ishlab chiqarish sohasida faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun dasturlar / xizmatlar / elektron vositalarni ishlab chiqish uchun tanlov. Tadbirning maqsadi dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarning professional hamjamiyatini shakllantirish va davlat va jamiyat hayotining turli sohalaridagi muammolarni hal qilishga qiziqishni oshirish edi.
Musobaqa uchta asosiy bosqichda o’tkazildi. Musobaqaning birinchi bosqichida ishtirokchilar taklif etilgan ma’ruzachilarning ma’ruzalarini tingladilar, ular – Akmal Solihov – virtual haqiqat sohasi haqida, Sarvar Abdullaev ma’lumotlarni tahlil qilish asoslari taqdimoti haqida gapirdilar va boshqa mutahassislar ham so’zga chiqdilar. Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar o’z g’oya va loyihalarini rivojlantirdilar va ustida ishladilar. So’ngi uchinchi bosqichda esa jamoalar o’zlarining aqlli echimlarini ilova / xizmatlar / elektron qurilmalar ko’rinishida taqdim etidilar. Musobaqa natijalariga ko’ra Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti jamoasi 2-o’rinni egalladi. G’oliblikni qo’lga kiritgan ishtirokchilar texnika va moslamalar sovrinlariga ega bo’ladilar.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining texnologik parki, YeXHTʼning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, Jahon banki, BMTʼning Oʻzbekistondagi Taraqqiyot dasturi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Toshkent shahar hokimiyati tomonidan tashkil etildi.