09 Iyul Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti avtopoligonida NIO ES8 elektromobilini sinash ishlari olib borildi

TTPU
image_print

Joriy yilning 5-iyul kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti vakillari, havaskor poygachilar, NIO kompaniyasi xodimlari va mustaqil bloggerlardan iborat guruh   Toshkent viloyatining Pskent tumanida joylashgan universitetga tegishli bo’lgan avtopoligonda O’zbekistonga keltirilgan va sotilayotgan NIO ES8 elektr krossoverini sinovdan o’tkazish ishlari olib borildi.

NIO ES8 elektromobili Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, premium toifaga kiruvchi krossover bo‘lib, Tesla Model X ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri konkurenti hisoblanadi.

NIO ES8 elektr avtomobili birinchi marotaba 2017 yil bahorida Shanxay avtosalonida rasmiy ravishda taqdim etildi va 2018 yilning ikkinchi yarmida Xitoyda sotuvga chiqdi va bugungi kunga qadar 30 mingdan ortiq transport vositalari xaridorlarga etkazib berildi.
Joriy yilning may oyida O’zbekistonda ekologik toza, zararli chiqindilari mavjud bo’magan, ovozsiz, ergonomik, mukammal xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan “aqlli” elektr avtomobil sotuvga chiqarildi.

Avtomobilga o‘rnatilgan 2 ta elektrodvigatelning umumiy quvvati 652 o.k. ni va 840 Nm burovchi momentni tashkil etadi. Bunda avtomobil 70 kVt quvvatga ega akkumulyator batareyasi bilan jihozlangan. Dinamik ko‘rsatkichlariga keladigan bo‘lsak, 100 km/soat tezlikka 4 soniyada erishadi, maksimal tezligi – 200 km/soat, bitta zaryadlanishdagi yurish uzoqligi – 355 km. Ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolatlanadigan nominal zaryadlash sikli (life cycle) – 2000 marta.

Avtomobilning ekster’er va inter’er tomonlarini gapiradigan bo‘lsak, judayam sifatli materiallardan tayyorlangan, 7 ta o‘rindiqqa ega va bu o‘rindiqlar elektrik yuritmaga ega, toza charmdan tayyorlangan. Sun’iy intellektga ega zamonaviy NIO OS 2.0 platformasi o‘rnatilgan. Xavfsizlik tizimlariga keladigan bo‘lsak, qo‘yidagi tizimlar avtomobilda o‘z o‘rnini topgan:
– Xafvsizlik yostiqchalari;
– To‘liq aylanma ko‘ra olish tizimi;
– “Ko‘r” (ilg‘ab bo‘lmas) zonalarni monitoring qilish tizimi;
– Ovozli boshqaruv tizimi (oynalarni ko‘tarib-tushirish, bagajnikni ochish va yopish va b.);
– 4G/5G LTE tizimi;
– 12 ta dinamikli audio tizim;
– Havoni ionlashtirish tizimi;
– Moslashuvchan kruiz-nazorat;
– Avtomatik parkovkalash tizimi;
– Iqlim nazorat tizimi;
– Wi-Fi tarqatish nuqtasi;
– Raqamli priborlar paneli;
– Old o‘rindiqlarda massaj qilish funksiyasi;
– Old va orqa o‘rindiqlarni isitish tizimi;
– Piyodalarni va yo‘l belgilarni tanib olish;
– To‘qnashuvlarni oldini olish tizimi;
– Haydovchi xolatini nazorat qilish tizimlari bilan jihozlangan.

Kechagi o‘tkazilgan sinovlarda avtomobilni shig‘ovlanish rejimlari, katta tezliklarda avariyaviy to‘xtash sinovlari tekshirib ko‘rildi. Jarayonga tashrif buyurganlarga ushbu elektromobillar o‘zining tayyorlanish texnologiyasi mukammalligi, yuqori muhandislik yechimlari, haydovchi va yo’lovchilar uchun taklif qilinayotgan sharoitlar, xavfsizlik tizimlari, intellektual boshqarish tizimlari NIO kompaniyasi xodimlari tomonidan tanishtirildi, bu esa yig‘ilganlarni hayron qoldirmay qo‘ymadi.

Sinov jarayonida qatnashgan ishtirokchilardan biri o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishni istadi.
“Muhandis sifatida menga bu avtomobil’ har tomonlama yoqdi. Unda hozirgi kundagi avtomobilsozlikning zamonaviy yechimlari o‘z aksini to‘liq topgan. NIO kompaniyasi bilan keyinchalik shu boradagi sinovlarni o‘tkazish, talabalar va ilmiy xodimlarning bevosita amaliyot va tadqiqot jarayonlarini shu kompaniya orqali zamonaviy elektromobillarni o‘rganish jarayonlarini tashkil etish va xamkorlik aloqalarini o‘rnatish universitetimiz tomonidan rejalashtirilmoqda.” –dedi Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik injiniring” kafedrasi dosenti Po‘latov T.R.

O‘zbekistondagi NIO kompaniyasi va avtgomobillar haqida batifsil ma’lumotni rasmiy ijtimoiy tarmoqlaridan olishingiz mumkin:
Feysbuk: https://www.facebook.com/nio.niouz/
Instagram: https://www.instagram.com/nio.uz/
Telegram: https://t.me/nio_uz