27 Iyul Malayziyaning Putra Biznes maktabi Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda MBA “Biznes Boshqaruvi Magistri” (MBA) mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilishni boshladi.

TTPU
image_print

Malayziyaning Putra Biznes Maktabi Malayziya Putra universiteti qoshidagi maktab hisoblanadi. Jahon universitetlari QS reytingi bo’yicha, Malayziya Putra universiteti 132-o’rinni egallaydi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlangan Malayziyaning Putra Biznes Maktabi Master of Business Administration (MBA: General Management) o‘quv dasturi asosida talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini ma’lum qiladi.

Barcha fanlar Malayziyalik professorlar tomonidan ingliz tilida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida olib boriladi. O‘quv dasturi davomiyligi 18 oy (5 semestr). Sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun kechki dasturlar ham tashkil etiladi.

Malayziyaning Putra Biznes maktabi MBA dasturi AQSh ning AACSB akkreditasiya agentligi tomonidan akkreditasiyalangan. Jahonning 5% dan kam biznes maktablari ushbu akkreditasiyani olishga erishgan, bu MBA dasturi sifat darajasining yuqori ekanligini kafolatlaydi. Ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “Umumiy boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha Putra Biznes maktabi MBA magistri diplomini qo‘lga kiritadi.

Ta’lim uchun umumiy to‘lov kontrakt qiymati 8000 AQSh dollari.  Malayziyaning Putra Biznes maktabi tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga 20% imtiyoz va Turin politexnika universiteti tomonidan 200 AQSh dollari imtiyoz beriladi. Umumiy hisobda, ta’lim uchun 6200 AQSh dollari ((bir o‘quv yili uchun 3100 AQSh dollari) to‘lanadi. To‘lov O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mda amalga oshiriladi (AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati, Markaziy bank tomonidan to‘lov amalga oshirilgan kunda belgilangan kursda hisoblanadi).

O‘quv dasturi 2020 yil sentyabr oyidan boshlanadi. O‘qishga kirish uchun nomzodlardan IELTS 6.0 va undan yuqori (bakalavr bosqichini xorijiy universitet filiallarida ingliz tilida o‘qiganlar bundan mustasno) va bakalavr diplomi talab etiladi . Birinchi o‘quv yilida IELTS sertifikati bo’lmagan nomzodlar o‘qishni boshlagandan keyin 6 oy muddatda IELTS 6.0 sertifikatini taqdim etishlari talab etiladi.

Nomzodlarga Malayziyalik professorlar tomonidan 20 avgust kuni sinov darsi tashkil etiladi.

Arizalarni topshirishning so’nggi muddati: 25.08.2020

 

Iltimos, quyidagi hujjatlarni o.mukhitdinov@polito.uz elektron manziliga yuboring

  • Diplom nusxasi (bakalavr darajasi),
  • Pasport nusxasi,
  • Rezyume (CV),
  • IELTS sertifikati.

 

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 99 8184424, +998 99 845 3748

E-mailo.mukhitdinov@polito.uz; e76dilshod@gmail.com

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 17-uy.

Mas’ul shaxslar: Mavlyanov Dilshod, Muhitdinov Otabek.