Bo’sh ish o’rinlari

image_print

Xodimlarni ishga qabul qilish boʼyicha

xarakatlar ketma-ketligi

 Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga xodimlarni ishga qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Universitetda faoliyat yuritmoqchi boʼlgan nomzod universitetning www.polito.uz veb sahifasida uning mutaxassisligi boʼyicha boʼsh ish oʼrinlar mavjudligini shu yerdan tekshiradi.
  2. Mavjud boʼsh ish oʼrni haqidagi barcha maʼlumotlar va nomzodga qoʼyiladigan talablar veb saytda toʼliq yozilgan boʼladi. Tegishli boʼsh ish oʼrin mavjud boʼlgan xolatda shu yerning oʼzidayoq onlayn tarzda naʼmunadagi maʼlumotnomani toʼldirib, hr@polito.uz elektron pochtasiga yuboradi va maʼlumotnoma xodimlar boʼlimining bazasiga kelib tushadi.

Tegishli boʼsh ish oʼrin mavjud boʼlmagan xolatlarda esa nomzod oʼz xoxshiga binoan onlayn tarzda maʼlumotnomani toʼldirib qoldirishi mumkin boʼladi. Bunday maʼlumotnomalar esa xodimlar boʼlimining zaxiraviy bazasiga kelib tushadi va shu mutaxassislik boʼyicha ish oʼrni boʼshaganda ushbu zaxiradagi nomzodlarga qayta aloqaga chiqilib, ularning nomzodlari koʼrib chiqiladi.

  1. Maʼlum muddatda toʼplangan nomzodlarning maʼlumotnomalari xodimlar boʼlimi mutaxassislari tomonidan oʼrganilgandan soʼng rahbariyatga taklif kiritiladi.
  2. Rahbariyat va xodimlar boʼlimi bilan birgalikda saralangan nomzodlar suhbatga chaqiriladi (suhbat komissiyasi tarkibiga rektor, prorektor, xodimlar boʼlimi boshligʼi va tegishli boʼlim boshligʼi kiradi) va suhbatda ish beruvchining talablariga mos kelgan holatda nomzod ishga qabul qilinadi. Ishga, nomzod 3 oy oylik maosh toʼlangan holda sinov muddatda ishga qabul qilinadi.

Turin Politexnika universitetiga professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 20-son qaroriga asosan tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Arizalarhttps://www.swas.polito.it/services/concorsi/incdid.asp?id_documento_padre=137186 da e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy muddatgacha https://didattica.polito.it/albi  sayti orqali qabul qilinadi. Nomzod har bir tanlangan fan (tegishli SSD bilan) uchun alohida ariza taqdim etishi kerak.

Nomzod to’g’risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda o’rganib chiqilgandan so’ng, qo’yiladigan talablarga javob beradigan nomzod Turin Politexnika universitetiga birlamchi suxbat uchun taklif qilinadi.

Tanlov va suxbatlardan muvaffaqiyat bilan o’tgan nomzod bilan mehnat shartnomasi tuziladi va ushbu haqda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti buyrug’i chiqadi.

Nomzodlarga qoʼyiladigan minimum talablar:

– ishga qabul qilinayotgan xodimning maʼlumoti,

– mutaxasisligi,

– mazkur sohadagi mehnat ish stajiga ega boʼlishi

Ishga qabul qilishda talab qilnadigan hujjatlar roʼyxati:

– Passport;

– STIR;

– Diplom;

– 6 dona 3×4 oʼlchamdagi fotosurat;

– Jamgʼarib boriladiga pensiya daftarchasi;

– Xarbiy guvoxnoma;

– Mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxs bundan mustasno) ;

– Tibbiy maʼlumotnoma 086 forma;

– Oʼrindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar uchun mehnat daftarchasini asosiy ish joyidan xodimlar boʼlimi tomonidan tasdiqlangan nusxasi va oʼrindoshlik asosida ishlash uchun berilgan maʼlumotnoma ;

– Ilmiy va uslubiy ishlar ro‘yxati (professor o’qituvchilar uchun).