Bo'lim haqida

Bo'limning maqsadi:

  • Universitetning tarkibiy bo'limlari, hodimlari va tahsil oluvchilarining halqaro faoliyatini rivojlantirish;
  • Xorijiy ta'lim va madaniy markazlari, fondlari hamda chet el davlatlarining ta'lim, ilmiy va madaniy vakolatxonalari bilan hamkorlikda Universitetning madaniy hayoti, ilmiy faoliyati va ta'lim jarayonini rivojlantirish.

Bo'limning vazivfalari:

  • Bo'limning yarim yillik va istiqbolli ish rejalarini ishlab chiqish;
  • Ta'lim, ilmiy va madaniy dasturlar, loyihalar, tanlovlar va grantlar bo'yicha ma'lumotlarni e'lon qilish tizimini yaratish;
  • Universitetning ilmiy loyihalari va ta'lim dasturlari bo'yicha reklama ma'lumotlarini berish;
  • Universitet hodimlari va talabalarini xalqaro dastur va loyihalarda qatnashishiga maslahat yordamini ko'rsatish, shuningdek, universitetning ta'lim, ilmiy va madaniy dasturlari hamda loyihalarida chet el ta'lim muassasalari, institutlari va horijliklarning qatnashishiga yordamlashishni ta'minlash;
  • Universitet tarkibiy bo'limlarining xalqaro faoliyatini muvofiqlashtirish.

Bo'limning funksiyalari:

  • Bo'limning joriy va istiqbolli vazifalarini belgilash va universitetning xalqaro aloqalarini rivojlantirish;
  • Universitet fakultetlarining hodimlari va talabalariga xalqaro dasturlar, loyihalar, tanlovlar va grantlar haqida ma'lumot berish va qidirish;
  • Viza olishga ko'maklashishni ta'minlash, xalqaro dasturlar, loyihalar, grantlarda qatnashish haqida maslahat berish;
  • Xalqaro aloqalarni rivojlantirish uchun chet el fondlari bilan hamkorlikda tadbirlarni amalga oshirish va tashkillashtirish;
  • Taklif qilingan ma'ruzachilar va olimlarning turar joyini hamda horijiy delegatsiyalarning tashriflarini tashkillashtirishda qatnashish;
  • Universitetning ta'lim ilmiy va madaniy faoliyatlarini ommalashtirish maqsadida taqdimotlar, xorijiy ko'rgazmalarni tashkillashtirishda qatnashish;
  • Universitet hodimlari va talabalarining horijiy hizmat safarlarini ro'yhatga olish va nazorat qilish;
  • Universitetning web-sahifasini bo'lim haqidai ma'lumotlar bilan ta'minlash;
  • Universitetning horijiy ta'lim va ilmiy muassasalari, tashkilotlari va fondlari bilan hamkorlik shartnomalarini monitoring qilish.

Hodimlar

Niyazov Farxod Shamilyevich

Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i

Telefon: (+998)71-2463067 Faks: (+998)71-2463067 E-mail: f.niyazov@polito.uz

 

Mirzamon Yulchiyev Ergashaliyevich

Xalqaro aloqalar bo'yicha mutaxassis

Telefon: (+998)71-2463067 Faks: (+998)71-2463067 E-mail: m.yulchiyev@polito.uz

 

Anarmatova Shirina Valiraximovna

Xalqaro aloqalar bo'yicha mutaxassis

Telefon: (+998)71-2463067 Faks: (+998)71-2463067 E-mail: sh.shatemirova@polito.uz

Hamkorlar

Oliy ta'lim maskani/Tashkilotning nomi Hamkorlikdan qo'yilgan maqsad Shartnoma imzolangan sa'na Web-sahifa

Korea Polytechnic University (KPU)

Turli xil moliyaviy dasturlar ko'magida "O'qish Markazi" tashkil etish.

Ikki mamlakat orasida biznes hamda Avtomobilsozlik texnologiyalari rivojlanishini qo'llab quvvatlash.

22.02.2011

www.kpu.ac.kr

Seoul National University Atrof-muhitni barqaror xavfsizligini ta'minlash maqsadida kelajak aqlli transport tizimlarini yaratish bo'yicha qo'shma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ta'lim sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish. 30.08.2012 www.useoul.edu
Bauhaus-Universität Weimar "Evropa standartlariga asoslangan holda, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan seysmik hodisalar xavfi tahlili" mavzusi bo'yicha o'zaro ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish. 2013, Iyul www.uni-weimar.de

University of Hohenheim

Ikki taraflama foydali bo'lgan loyihalarda ishtirok etish, universitet o'qituvchi professorlari orasida a'loqa o'rnatish hamda tajriba almashish. Ilmiy tadqiqot loyihalarida qatnashish va ularni rivojlantirish. Hozirda TTPUda qo'shma loyiha tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot va o'quv laboratoriyalarini joriy qilish ishlari rejalashtirilgan.

Talabalar almashinuvi loyihasi hamda ishchi hodimlar va o'qituvchilar o'rtasida malaka oshirish kurslarini joriy qilish.

Hamkorlikni yo'lga qo'yish ishlari olib borilmoqda.

www.uni-hohenheim.de

Osnabrück University

Xalqaro loyihalarda(Erasmus+ va boshqalar) qatnashish maqsadida o'zaro loyiha takliflarini ishlab chiqish.

Talabalar almashinuvi va professor o'qituvchi hamda ishchi hodimlar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Hamkorlikni yo'lga qo'yish ishlari olib borilmoqda. www.uni-osnabrueck.de

Technische Universität Braunschweig

O'quv dastur jarayonlarini takomillashtirish maqsadida talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratish va ikki tomonlama a'loqalarni yanada mustahkamlash.

Talabalar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqish va boshqa o'zaro ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.

Hamkorlikni yo'lga qo'yish ishlari olib borilmoqda. www.tu-braunschweig.de

Lal Bahadur Shastri Institute of Management

O'zbekiston va Hindiston o'rtasida davlatlararo hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga xissa qo'shish. Xalqaro tan olingan yuqori darajali loyihalarga birgalikda takliflar kiritish va hamkorlikni amalga oshirish, o'zaro ilmiy-tadqiqot loyiha va dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.   www.lbsim.ac.in

Hanyang University

Talabalar, o'qituvchi va ishchi hodimlar almashinuvi dasturlarini yo'lga qo'yish maqsadida hamkorlikni amalga oshirish hamda qo'shma tadqiqotlar uchun o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish. 24.03.2014 www.hanyang.ac.kr/english/

Gifu National College of Technology

Japan

Akademik almashinuvni amalga oshirish va ikki oliy o'quv yurtlari o'rtasida ta'lim va tadqiqot bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish. 25.05.2014 www.gifu-nct.ac.jp/
КЛААС GmbH & Co. KGaA KLAAS mashina foydalanuvchilari uchun O'quv Markazi joriy qilish. 2013, Oktabr www.claas.com
Hexagon Metrology  S.P.A. Amaliy metrologiya yo'nalishida uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish. 25.05.2010 www.hexagonmetrology.com
GIZ Regional Program Ta'lim, tadqiqot, bilimni boshqarish va ish tajriba almashish kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish. 1.12.2010 www.giz.de
“Ideal PLM CIS” Company Limited O'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish va O'zbekiston Respublikasidagi avtomobil sanoat ishlab chiqarish korxonalarini SIEMENS PLM texnologik dasturlari bilan ta'minlashni ilgari surish. 5.09.2011 www.ideal-plm.ru
GÜHRIN oHG Metalni qayta ishlash Servis markazi va ta'limini tashkil qilish. 31.08.2012 www.guehring.de

Amaldagi loyihalar

Loyihalar Loyiha nomlari Loyiha maqsadlari Amal qilish muddati Bog'lanish uchun shaxs
ECCUM

ECCUM – Matematik injeneriya bo’yicha hisoblash markazlari hamda magistratura ta’lim dasturini tashkil etish.

Ushbu yangi loyiha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun oliy o’quv yurtlarinining potensial salohiyatini oshiradigan matematik injeneriyani o’rgatishga hamda umumdasturiy qo’llanmalarni tashkil etishga asoslangandir.Har bir davlatdagi mahalliy hamkor tomonlarning tahlil ehtiyojlariga bo’lgan qiziqishi ta’lim darajasining sifat va ahamiyatini oshiradi. Ishlab chiqilgan dastur Boloniya ta’lim tizimini o’zlashtirib, o’zbek ta’lim tizimiga joriy etishga yordam beradi. Injeneriya bu yaratish va atrof muhitni mukammallashtirish san’ati bo’lgani bois ushbu loyiha natijalari haqida hamkor davlatlarga safarbar etish natijasida ularning industrial hamda innovatsion rivojlanishiga olib keladi. 15.10.2015

14.10.2018

Farxod Niyazov

  f.niyazov@polito.uz

TEMPUS

TERSID - Sanoat rivojlanishi uchun resurslarni muxofaza qilish bo'yicha olib boriladigan texnik ta'lim.

TERSID - O'zbekiston va Qozog'istonda amalga oshiriladigan, mashinasozlik muhandisligi uchun bir nechta o'quv rejalarini yangilashga hamda tabiiy resurslardan (xom-ashyo, qazilma yoqilg'ilari, suv) oqilona foydalanishni yo'lga qo'yuvchi zamonaviy va samarali texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan. Shu bilan birga qattiq chiqindilarni va havo ifloslanishini kamaytirishga bag'ishlangan mintaqaviy loyiha hisoblanadi. 15.10.2011

14.10.2015

Prof. Franko Lombardi

franco.lombardi@polito.it

ERASMUS MUNDUS

ARCADE – O'rta Osiyo mamlakatlari o'quvchilari Evropada tahsil olishi uchun mo'ljallangan loyiha.

O'rta Osiyo mamlakatlari o'quvchilari uchun Evropada tahsil olish yoki ilmiy izlanish olib borish uchun imkoniyat. Bunday imkoniyat bakalavriyat, magistratura, asperantura, doktorantura yo'nalishida tahsil oluvchilar, olimlar hamda ishchi hodimlar uchun ochiq imkoniyat hisoblanadi. 15.10.2011

14.10.2014

Farxod Niyazov

  f.niyazov@polito.uz

ERASMUS MUNDUS

TIMUR – O'zbekistondagi imkoniyatlardan foydalangan holda shaxslarni Evropa Ittifoqiga ta'lim olish uchun yuborish.

Evropa va o'zbek oliy ta'lim muassasalari o'rtasida tuzilgan hamkorlik tarmoqlarini takomillashtirish, davlat va hususiy tashkilotlar o'rtasida bilim almashish, shuningdek, sanoat ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotlik ishlariga bog'liq sohalarda tajriba almashish. 01.07.2013

30.06.2017

Farxod Niyazov

  f.niyazov@polito.uz

TEMPUS

MECH -

O'zbekiston Respublikasida mexatronika yo'nalishida yangi magistratura va doktorantura dasturlarini yo'lga qo'yish.

1. Mexatronika va avtomatik boshqaruv texnikasi bo'yicha 5ta o'zbek oliy ta'lim muassasalarida (BuxMTI, FPI, NavDKI, TAYI, TTPU) 8ta magistratura va 3ta doktorantura dasturlarini amalga oshirish.

2. O'qituvchi va talabalar o'rtasida keng qamrovdagi hamkorlikni amalga oshirish uchun yangi o'qitish usullarini joriy etish.

3. BuxMTI, FPI, NavDKI, TAYI va TTPUlarda mexatronika laboratoriyalarini joriy qilish.

4. Mexatronika bo'yicha 5ta oliy ta'lim maskanlarida kuchli ilmiy salohiyat yaratish.

5. BuxMTI, FPI, NavDKI, TAYI, TTPU va O'zbekistonning tegishli sanoat korxonalari(NMZ, AES, UZAUTO, GM-PT, TARO-DISK GV, UZSUNGVU) o'rtasida uzoq muddatli a'loqalarni yo'lga qo'yish.

6. O'qituvchilarga dastur bo'yicha yordamchi sifatida ishlashni nazarda tutgan holda, aspirant talabalarni mexatronika guruxiga jalb qilish.

01.12.2013

30.11.2016

Farxod Niyazov

  f.niyazov@polito.uz

Bo'lg'usi hamkorlarga

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti(TTPU) muhandislik fanlari bo'yicha O'zbekistondagi dastlabki xalqaro universitetlardan biri hisoblanadi. Hozir bu yerda 700 ga yaqin talabalar tahsil olishadi. Universitet mashinasozlik texnologiyasi, fuqarolik qurilishi va arxitektura, energetika, axborot texnologiyalari va tizimlarni avtomatik boshqaruv yo'nalishlari bo'yicha Italiyaning Turin Politexnika Universiteti tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturlar asosida kadrlar tayyorlamoqda.

TTPU O'zbekistonda tashkil etilgan eng yosh universitetlardan biri bo'lishiga qaramay, ochilgandan buyon bir qator xalqaro tashkilot va universitetlar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Universitet doimiy ravishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirmoqda. Hozirda olib borayotgan faoliyatlarimiz TEMPUS, ERASMUS MUNDUS va Universitetda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan ta'lim va ilmiy loyihalardan iborat.

Hamkor tashkilot va universitetlardan quyidagilarni kutib qolamiz:

  • Yangi o'quv va ilmiy loyihalarni yaratishga oid hamkorlik va boshqalar
  • Qo'shma malaka oshirish markazlari va ilmiy laboratoriyalarni ochish
  • Erasmus Mundus va boshqa dasturlar orqali talaba almashishni tashkillashtirish
  • Hodimlar almashish bo'yicha hamkorlik (qisqa va uzoq muddatli)
  • Taklif qilingan ma'ruzachilarni almashish bo'yicha hamkorlik
  • Qo'shma diplom dasturlarini yaratish

Biz har doim hamkorlikka tayyormiz. Biz bilan quyidagilar orqali bog'lanishingiz mumkin: tel. +998-71-246-30-67