Hurmatli ustozlar va aziz talabalar!

 

“O’zbekistonda horijiy tillar”nomli elektron jurnal va internet portal tashabbusi bilan respublika miqyosida yoshlar o’rtasida ”My First President“ mavzusida ingliz tilidagi insholar tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlovga kelib tushgan insholar www.fledu.uz portalidagi maxsus ruknda yoritib boriladi. Loyiha so’ngida saralangan eng yaxshi insholar kiritilgan  ”My First President“ nomi ostida to’plam nashr qilinadi. Tanlov tartibi bilan www.fledu.uz saytida tanishish mumkin. Tayyor insholar muallif haqidagi qisqacha ma’lumot,telefon raqami ko’rsatilgan holda info@fledu.uzelektronjural@mail.ru pochta manziliga yuborilishi mumkin.

Barchangizni ushbu insholar tanlovida faol ishtirok etishingizni so’raymiz!!!