Saylov – demokratiya  ko`zgusi

         2016-yil   11- noyabr kuni universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, unda yoshlar faolligini oshirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan “Saylov – demokratiya  ko`zgusi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

         Unda Toshkent shahar Kengashi deputati, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan shifokor Tashpulatov Abduvahid Ganiyevich, O’zbekiston Liberal Demokratik partiyasi, Yoshlik talabalar shaharchasi Kengashi raisining 1-o’rinbosari, Apparat rahbari Mirzaqobilova Barno Qosimovna, Kamolot Yoshlar ijtimoiy harakati Yoshlik Talabalar shaharchasi Kengashi raisi o’rinbosari  Sa’dulloyev Ziyodullo Fayzullayevich,  universitetning  professor-o‘qituvchilari va hodimlari hamda talaba-yoshlar  ishtirok etishdi.

         Tadbirda mustaqillik yillarida yosh avlodning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning  jahon andozalari darajasida bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ijodiy-intellektual salohiyatini yuksaltirishiga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi va joriy yilning  4-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylov va unda yoshlarning ishtiroki qanchalik muhim ekanligi haqida so’z yuritildi.

         Shuningdek  Prezidentlikka nomzodlar va ularning dasturlari haqida ham yig’ilganlarga keng ma’lumot berildi.

         Tadbir so’ngida universitetning bir qator hodimlari O’zbekiston Liberal Demokratik partiyasiga qabul qilindi va ularga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

photo 2016 11 14 14 38 14

photo 2016 11 14 14 38 20