Toshkent shahridagi Turin politehnika Universiteti “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi 2009 yilda,birinchi prorektor K.Sharipov va katta o’qtuvchi A.Ashurovlar tashabbusi bilan tuzildi. 2009-2013 o’quv yillarida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasida katta o’qtuvchi A.Ashurov mudirlik lavozimida o’z ish faoliyatini olib bordi. 2013 yildan boshlab to hozirgi kunga qadar iqtisod fanlar nomzodi M.B.Sultonboyeva kafedra mudiri lavozimida ish faoliyatini olib bormoqda.

Kafedra tuzilishidan maqsad O’zbekiston Respublikasiga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.  

“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi universitet hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. Xozirgi kunda kafedrada 1 ta iqtisod fanlar nomzodi, 3 ta katta o’qituvchi, 7 ta o’qituvchi va o’quv ishlariga yordamchi lobarant faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonida quyidagi fanlar o’qitilib kelmoqda:

Tayyorlov kursi (Preparatory Year) talabalari uchun o’qitiladigan fanlar:

  • “Ingiliz tili(IELTS tehnologiyasi bo’yicha)”
  • “Iqtisodiyot nazariyasi”
  • “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”
  • “Rus tili”
  • “Tarix

Birinchi bosqich(First Year) talabalari uchun o’qitiladigan fanlar:

  • “Ingliz tili(     )”
  • “Italiya madaniyati”

Shuningdek barcha bosqich talabalari uchun o’qitiladigan fanlar:

  •  “Jismoniy tarbiya”