Adabiyot va san’at – shaxs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili

         Mamlakatimizda aholi ayniqsa,yoshlar orasida kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa ko‘nikmasini hosil qilish bo‘yicha ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida” farmoyishining qabul qilinishi sohada bu borada tizimli ishlarni olib borishga keng imkoniyat yaratib berdi.

         18 may kuni universitetda bo’lib o’tgan  “Adabiyot va san’at – shaxs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili” mavzusidagi  davra suhbati ham aynan talaba yoshlarning kitob mutolaasiga  bo’lgan qiziqishlarini oshirish, yurtimizda chop etilayotgan yangi badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

         Tadbirda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi   a’zolari, shoir Davron Rajab va shoira Ozoda Bekmurodova hamda universitet talaba yoshlari ishtirok etishdi.

So’zga chiqqanlar adabiyotning har bir inson kamolotida qanchalik muhim o’rin tutishi, kitob mutolaa  qilish orqali inson o’tmish va kelajakni tasavvur etishi, anglashi umuman yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishda asosiy manba aynan kitoblar ekanligini alohida ta’kidlab o’tdilar. Shuningdek,  hozirda yurtimizda chop etilayogan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar to’g’risida talabalarga ma’lumot berildi.

        

photo 2017 05 19 14 38 47photo 2017 05 19 16 56 32

 Shu kuni universitet ahborot resurs markazida “Yoshlar va kitobxonlik” nomli o’zbek va jahon adabiyoti namoyondalarining yangi nashr etilgan asarlari ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatining aynan ko’rgazma o’tkazilayotgan zalda tashkil etilgani talaba yoshlarda katta qiziqish uyg’otdi.

         Bundan tashqari, tadbirda talabalar tomonidan o’zbek shoirlarining she’rlaridan hamda iqtidorli talabalarning o’zlari yozgan she’rlaridan na’munalar o’qildi. Tadbir so’ngida yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan  savollarga mutahassilardan javob olishdi.

 

photo 2017 05 19 14 43 22

photo 2017 05 19 14 43 23photo 2017 05 19 14 39 11