Hurmatli talabalar!

          2017 yil oktyabr-noyabr oylarida universitetning barcha bosqich talabalari o’rtasida “Eng faol kitobxon gurux” ma’naviy-ma’rifiy ko’rik-tanlovi o’tkaziladi. Tanlovni o’tkazish bo’yicha ishtirokchilarga qo’yiladigan talablar:

  1. Jamoa tarkibi 6-8 nafar talabadan iborat bo’lishi shart.
  2. Gurux jamoalari badiiy adabiyotlar ro’yhatidan bir asarni tanlab olishlari kerak.
  3. Tanlov ishtirokchilari hakamlar hay’ati a’zolariga taqdimotlarini namoyish etishadi:

-         Asar muallifi qisqacha ma’lumot berish;

-         O’rganilgan har bir badiiy adabiyotning qisqacha annotatsiyasi;

-      O’rganilgan badiiy adabiyot bo’yicha lavhalardan parcha yoki monolog aytib berish;

-         Iqtiboslar keltirish;

-    Badiiy adabiyot mavzusiga oid rasmlar, videorolik va musiqalar taqdim etish;

-      Qisqacha kitob haqida ESSE taqdim etish: “Nima uchun ushbu kitobni o’qishni tavsiya etaman…”;

-         Asar bo’yicha kichik sahna ko’rinishini namoyish etish.

  1. E’tibor beriladi:

-         Axborot kommunikatsiyalar texnologiyalaridan foydalanilganlik darajasi;

-         Jamoa a’zolarining o’zini tutishi, notiqlik san’ati va tashqi ko’rinishiga;

-         Guruxlarning hamkorlikda ishlash ko’nikmasining shakllanganligi.

          G’olib jamoa va ishtirokchilar munosib taqdirlanadilar.

          Tanlovda qatnashish istagida bo’lgan talabalarni “Ma’naviyat va ma’rifat” (202-xona) bo’limiga murojaat qilishlari mumkin.