Universitetimizda qabul jarayoni

 

Ayni kunlarda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi o’quv yili uchun  abituriyentladan hujjat qabul qilish  jarayoni davom etmoqda.  2017/2018 o’quv yili uchun  universitetimizning bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun jami 350 ta abituriyent , magistratura bosqichiga esa jami 50 orin ajratilgan.

Universitetimizda  yangi  o’quv yili uchun qabul jarayoni  1 Maydan boshlandi. E’tiborli jihati bu yerda abituriyentlar va ota-onalar uchun qulay sharoitlar yaratib berishga ayniqsa alohida e’tibor qaratildi.

Hozirga qadar 1 ming 300 dan ortiq  hujjatlar qabul qilindi. Lekin  hujjat topshiruvchilar soni tobora ortib borayotganligi sababli, universitet  qabul komissiyasi  tomonidan  hujjatlarni qabul qilish  kuni 27 Iyun sanasiga qadar davom etishi belgilandi.

 

photo 2017 06 27 13 16 01