O’zbekistonlik yigit AQSh filmlar tanlovida g’olib bo’ldi

Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq, yurtimizda ta’limga, madaniyat va san'atga, sportga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli o’zbek yoshlari har sohada ulkan marralarni qo’lga kiritib, dunyo marralarini zabt etmoqdalar.

Ana shunday yoshlardan biri Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litsey bitiruvchisi Anvar Madraimovdir. U 2013 yildan beri Nyu-York kino akademiyasida tahsil oladi.

Joriy yilning 10-19 avgust kunlari AQShning Los-Anjeles shahrida o’tkazilgan an’anaviy Holly Shorts filmlar festivalida Anvar Madraimov ham o’zining  20 daqiqalik “A Birthday Card”   ya’ni  “Tug’ilgan kun otkritkasi” nomli filmi bilan ishtirok etib, “Best Youth” – “Eng yaxshi yosh rejissyorlik ishi” nominatsiyada g’oliblikni qo’lga kiritdi. Drama janridagi ushu qisqa metrajli film hayotning qiyin tanlovi haqida hikoya qiladi.

Film festivaliga 30 dan ortiq yo’nalish bo’yicha ishlar qabul qilindi.

Aytish mumkinki, festival doirasida ijodkorlar nafaqat o’z ishlarini namoyish qilishdi, balki bir-birlari bilan yaqindan tanishib, tajriba almashishdi va kelgusida hamkorlik qilish rejalarini tuzishdi.

Capture