Induction Days 2017

Universitetimizda o’quv yilining boshlanishi oldidan, bu yili universitetga talabalikka qabul qilingan yoshlar uchun “Induction Days 2017” o’z faoliyatini boshladi.

4 sentabr kuni “Induction Days”ning birinchi va eng muhim qismi muvaffaqiyatli va yuqori darajada tashkil etildi. Unda 130 ga yaqin talabalardan iborat  ishtirokchilar tashrif  buyurdilar va o’zaro samimiy, quvnoq kulgi va faollika asoslangan musobaqalar orqali talabalar bir-birlari bilan yaqindan tanishib, o’zlari uchun kerakli ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Eng asosiysi, o’quv yili darslari boshlanishi oldidan “Induction Days 2017”ga tashrif buyurgan talabalarning kayfiyatlariga a’lo kayfiyat qo’shildi va o’qishga bo’lgan ishtiyoqlari yanada ortdi.

“Induction Days 2017”ning keyingi kunlarida ham yoshlari ko’plab yangi tanlovlar va loyihalar kutmoqda. Shuningdek, davra suxbatlari va munozaralar  yurtimizdagi bir qator horijiy oligohlardan tashrif buyurgan yosh iqtidorli mutahassislar ishtirokida bo’lib o’tadi.  

Nafaqat I bosqichga qabul qilingan talabalarda  balki barcha talaba yoshlarda o’qishga bo’lgan qiziqishni oshirish, yaratuvchanlik hissini shakllantirish, yoshlar o’rtasida do’stlik, jamoa bo’lib ishlash muhitini yaratish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida universitet Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil qilingan “Induction Days”  bu yili 6 sentabr kuniga qadar davom etadi.

w3

w2

w2