Mustaqilligimizning yigirma olti yilligiga bag’ishlangan tantana

      Har yili yurtimizda jonajon Vatanimiz mustaqilligi e’lon qilingan tarixiy sana katta shodu xurramlik bilan nishonlab kelinadi. Bu yili ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko’ra mustaqilligimizning yigirma olti yillik bayramiga katta  tayyorgarlik ko’rildi va joylarda  haligacha bayram tantanalari bo’lib o’tmoqda.

      8 sentabr kuni universitetimizda mustaqilligimizning yigirma olti yilligiga bag’ishlab,  “Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston!”  shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi. Unda universitet professor –o’qituvchilari, xodimlar hamda  “Chimboy” va “Achaodob”  mahalla faollari ishtirok etishdi.

      Tadbirni universitet rektori K.A.Sharipov  ochib berdi. Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasining yigirma olti yilligi munosabati bilan mamlakatimiz yoshlarining yetuk mutaxassis bo’lib yetishishida, universitet ravnaqi uchun oldiga qo’yilgan vazifalarni sidqidildan bajargani hamda fidokorona mehnatlari uchun bir qator  universitet professor-o’qituvchilari va xodimlari sertifikatlar bilan tqadirlanishdi.

      An’anaga ko’ra, bayram dasturxoniga turli  noz-ne’matlar va milliy bayram taomi osh totildi. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo’shiqlar  bayramga ko’tarinkilik, yig’ilganlarga a’lo kayfiyat baxsh etdi.

11

22

photo 2017 09 14 15 02 22

33

photo 2017 09 14 15 02 24

44