Universitetimizda “Mustaqillik darsi” hamda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag’ishlangan “Xotira darsi” o’tkazildi

 

11 sentabr kuni universitetimizda yangi o’quv yili mavsumi  “Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” hamda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov xotirasiga bag’ishlangan “Xotira darsi” bilan boshlandi.

Dastlab so’z olgan universitet rektori  K.A.Sharipov yangi o’quv yilida talabalar safiga qabul qilingan yoshlarga o’qishlarida omad tilab, universitetning tashkil topishi tarixi va bugungacha uiversitetda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida gapirar ekan, bugungi hur va obod hayotimiz, O’zbekistonning yigirma olti yillik tarixiy davrga qadam qo’yishi  avvalo xalqimizning suyukli farzandi, qat’iyatli va donishmand, buyuk davlat arbobi Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning nomi bilan uzviy bog’liq ekanligini alohida ta’kidladi.

Shundan so’ng,  talabalar buyuk  jasorat sohibi bo’lgan ulug’ siymo  Birinchi Prezidentimizning ibratli hayot yo’li va faoliyatiga bag’ishlangan filmni tomosha qildilar.

Samimiy muloqot tarzida o’tgan ushbu darsda  shuningdek, universitet ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor A.Ashurov, universitet dekani o’rinbosari M.Sultonov,  ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi  katta o’qituvchisi V.Holovlar ham so’zga chiqishdi va hozirgi kunda yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar,«O'zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida olib borilayotgan ishlar, universitetda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, universitetning umumiy qonun-qoidalari to’g’risida gapirib o’tdilar.

Tadbirda universitet professor-o’qituvchilari, xodimlar va barcha I bosqich talabalari ishtirok etishdi 

 

222

 333

 444