“TurinTalx” - yangi formatdagi ochiq muloqot.

Joriy yilning 4-oktyabrida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Yoshlar Ittifoqi tomonidan yangi formatdagi “TurinTalx” loyihasining ilk soni bo’lib o’tdi. Uchrashuvda universitetning muvaffaqiyatli bitiruvchilari: Fan va texnologiyalari agentligi direktori o’rinbosari - Olimjon To’ychiyev va yosh tadbirkor, “Ziyo Globus” korxonasi rahbari - Bobur Zokirov universitet talabalari bilan suhbat qurishdi. Universitetning bitiruvchilari talabalik davrlarida erishgan va ish jarayonlarida erishayotgan yutuqlari haqida talabalarga qisqacha aytib berishdi. “TurinTalx” loyihasi mehmonlar va talabalar o’rtasida haqiqiy do’stona uchrashuvga aylandi. Loyiha davomida Fan va texnologiya agentligida yosh olimlar uchun mavjud imkoniyatlar haqida ham so’z bordi. Bu esa shu loyihaning asosiy maqsadlaridan biri edi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil qilingan “TurinTalx” loyihasi universitetda tahsil olayotgan talabalar va o’z sohasining ustalari bilan yaqindan tanishtirish hamda barcha sohalarda universitet talabalari uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga yo’l ochib berishdan iborat. “TurinTalx” loyihasi har oyda bir marotaba tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

 

TurinTalx1

TurinTalx5