#InnoDays2017 - yangi loyihaga start berildi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti Yoshlar Ittifoqi hamda universitet innovatsion markazlari yangi loyihaga start berdi. Bu loyiha #InnoDays2017 deb nomlanadi va universitetda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni saralab olib, ularga qo'shimcha ko'nikmalarni o'rgatib borishni maqsad qilgan. Joriy yilning 9-oktyabr kuni aynan shu loyihaning taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotda tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan barcha talabalar qatnashib, tanlov bilan bog'liq barcha savollariga tashkilotchilar tomonidan javob topishdi.

Ma'lumot uchun, #InnoDays2017 tanloviga hujjatlar 12-oktyabrdan elektron ravishda qabul qilinadi.

1

1

1

1

1

1

1