AQSH da yashab kelayotgan O’zbekistonlik fuqaro Abdulla Avloniy nabirasi bo’lgan Jamshid Avlyanov (Jamshid Avloniy) bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning AQSH da bo’lgan tashrifida bir guruh AQSH da yashab kelayotgan O’zbekistonlik fuqarolar bilan uchrashuvi bo’lib o’tgan edi. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev AQSH universitetlarida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar, ilmiy-texnik ishlab chiqarish muassasalari olimlari va boshqa turli kasb vakillari bilan o’tkazgan uchrashuvlarida O’zbekiston Respublikasining rivojlanish tamoyillari to’g’risida va strategic rejalarni batafsil aytib o’tgan edi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari bosh vazir o’rinbosari Nodir Sobirovich Otojonov tashafuzi bilan AQSH ning “Con Tex LLC” kompaniya prezidenti Jamshid Avlyanov (Jamshid Avloniy) O’zbekistonga taklif etildi. Atoqli marifatparvar, istedodli shoir, mashhur pedagog Abdulla Avloniy nabirasi bo’lgan Jamshid Avlyanov (Jamshid Avloniy) bir necha yillardan beri AQSH da istiqomad qilib kelgan va o’zing ilmiy bilimi va tashabuskorligi bilan o’zinging kompaniyasini ochishga sazovar bo’ladi. Hozirgi kunda bu kompaniya bir qancha yo’nalishlarda faoliyat olib bormoqda, jumladan turli xildagi kimyoviy materiallar ishlab chiqarib kelmoqada. Yuqori texnologik muhandislik ishlanmalarida ham shu kabi kimyoviy materiallardan foydalanilmoqda.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga ham Jamshid Avlyanov tashrif qilib, universitet professor-o’qituvchilari, doktorantlari, magistrlari va bir qancha oliy talim muassalarida taklif etilgan professor-o’qituvchilar va olimlar uchun master-klass o’tkazdi. Bu master-klass  “Elektr aktiv smart materiallar tadbiqlari” to’grisida juda qiziqarli tarizda o’rkazildi va O’zbekiston mashinasozlik va yengil sanoatida qo’lanishi ko’rsatilib o’tildi.

 

photo 2017 12 01 11 20 12