Fidoyilik timsoli


Ma’lumki, shu yilning 30 yanvar kuni mustaqil davlatimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludining 80 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Ayni kunlarda ushbu ulug’ sana munosabati bilan yurtimizning turli ta’lim maskanlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda.
Universitetimizda 1 fevral kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan “Fidoyilik timsoli” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,”Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri o’rinbosari shoir Axtamkul Karimov, universitet professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir universitetimiz talabalarining Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan taqdimoti bilan boshlandi.Taqdimotda universitetimiz I-bosqich talabalari Shodmonova Shaxzoda va Sunnatillayeva Nozima Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Vatanimiz mustaqilligi, hayotimiz farovonligi va yoshlarning porloq kelajagi yo’lida amalga oshirgan ishlari hamda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asari barcha zamonlarda ham eng buyuk boylik bo’lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson hayotidagi o’rni va ahamiyai to’g’risida har tomonlama keng qamrovli fikrlar berilganligi bilan ham yoshlar va jamiyat hayotida g’oyat muhim ahamiyatga ekanligi to’g’risida gapirdilar. Shuningdek talabalarimiz tomonidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag’ishlangan she’rlar o’qib berildi.
Shundan so’ng, tadbirda so’z olgan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,”Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri o’rinbosari shoir Axtamkul Karimov so’zga chiqdi. Shoir o’z nutqida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilgan ondan to umrining oxirigacha mamlakatimizning ravnaq topishi, aholi farovonligi va tinchligini ta’minlashda, yoshlarni har tomonlama kuchli bilim olishlarida beqiyos ishlarni amalga oshirganligi to’g’risida gapirib, O’zbekiston xalqining ardoqli davlat rahbari bo’lgan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o’zining minnatdor xalqi qalbida ikkinchi boqiy umrini yashamoqda deya ta’kidladi.
Shu kuni universitetimiz axborot- resurs markazida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan “O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi” nomli ko’rgazma tashkil qilindi.
Shuningdek, joriy yilning fevral oyida universitetimizda talabalar o’rtasida “Islom Karimov asarlari bilimdoni” tanlovi o’tkazilishi rejalashtirilgan.

 photo 2018 02 02 10 54 15photo 2018 02 02 11 04 06photo 2018 02 02 11 04 29photo 2018 02 02 11 04 23photo 2018 02 02 11 04 08photo 2018 02 02 11 04 26