Islom Karimovning mangu xotirasiga bag’ishlab…

 

Vatan ravnaqi, el-yurt, odamlar manfaatini o’ylab, ezgu maqsad yo’lida fidoyilarcha xizmat qilgan O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 80 yilligiga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Axborot-resurs markazida ko’rgazma o’tkazildi. Ko’rgazmada Birinchi prezidentimiz, buyuk inson Islom Abdug’anievich Karimov hur O’zbekistonimizga rahbarlik qilgan yillarda yaratgan o’lmas va g’oyatda qimmatli asarlari, davrimiz uchun qimmati ва ahamiyati masalalariga bag’ishlangan to’plamlari, xotira sahifalari, Uzlife va UzNews axborot agentligi tomonidan yaratilgan mustaqil davlatchiligimizning zamonaviy tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan O’zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan “Islom Karimov. Boshqa hech qachon” qisqa metrajli hujjatli film namoyish etildi.
Shu bilan bir qatorda, Birinchi Prezidentimizning zahmatli mehnati, aziz xotirasini yorituvchi internet saxifalar (birinchi-prezident.uz, fondkarimov.uz, islamkarimov.uz) dagi solnoma, foto va videogalereyalar namoyish etildi.
Uzlife va UzNews axborot agentligining «Islom Karimov. Boshqa hech qachon» qisqa metrajli hujjatli filmi haqida
Film nomi mustaqil davlatchiligimizning zamonaviy tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan. «Zamonlar tanlanmaydi, ularda hayot bor, bordir nihoya…» deya ta’kidlanadi filmda.
Film Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafotiga bir yil to‘lishi arafasida yaratilgan bo‘lib, unda mustaqil O‘zbekistonning chorak asrdan ko‘proq yo‘lboshchisi bo‘lgan Birinchi yetakchining O‘rta Osiyo mintaqasida barqarorlik, tinchlik va xotirjamlikka qo‘shgan buyuk hissasi to‘g‘risida so‘z boradi.
Filmda Islom Abdug‘aniyevich Karimovning ko‘plab xalqaro forumlar, Davlat rahbarlarining sammitlari, BMT Bosh Assambleyasining yuqori minbarlarida so‘zlagan nutqlari muhrlangan kadrlardan foydalanilgan.
O‘zbekistonning Birinchi prezidenti haqida xotiralari ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zidan eshitiladi: xalqaro ekspertlar va Davlat rahbarlarining fikrlari jam bo‘lgan. Kadrlarda Islom Karimovning oddiy insonlar — harbiy bo‘linmalardan birida xizmat qilayotganlar, o‘qituvchilar, maktab o‘quvchilari, sportchilar bilan uchrashuvlari tasvirlangan. Yillar, asrlar o‘tsada, unutilmas xotiralar avlodlar tomonidan minnatdorlik ila yodga olinadi, buyuk xizmatlari e’tirof etiladi.

 

photo 2018 02 02 17 18 29

photo 2018 02 02 17 25 27