«O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi»
I Respublika tanlovi

 

Universitetimizda 6-7 fevral kunlari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» I Respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi. Unda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan va Toshkent shahridan tashrif buyurgan respublika iqtisodiyot tarmoqlariga o‘z texnik loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarini joriy etish maqsadida bo‘lgan olima ayollar, doktorant, iqtidorli talaba va o‘quvchi qizlar, ixtirochi, ratsionalizator, injener, konstruktor, mutaxassis va tadbirkor xotin-qizlar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘z ixtirolari, innovatsion g‘oya va loyihalari bilan ishtirok etishdi.


Tanlovda 35 yoshdan yuqori bo‘lgan yurtimizning iqtidorli ayollari quyidagi nominatsiyalar bo’yicha ishtirok etdilar:


1. Eng yaxshi ixtiro;
2. Eng yaxshi foydali model;
3. Eng yaxshi sanoat namunasi;
4. Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va maʻlumotlar bazasi;
5. Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi;
6. Eng samarali innovatsion loyiha (fan va texnologiyalarning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);
7. Ayollar ilmiy jamoasining eng samarali innovatsion loyihasi (fan va texnologiyalarning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);
8. Kichik biznes uchun eng samarali innovatsion loyiha (iqtisodiyot tarmoqlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha);
9. Taʻlim sohasidagi eng samarali innovatsion loyiha (taʻlimning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha);

 

photo 2018 02 08 10 58 25photo 2018 02 08 10 59 37

 


35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimalar, doktorant, iqtidorli talaba va o‘quvchi qizlar, ixtirochi, injener, konstruktor, ratsionalizator, mutaxassis va tadbirkor xotin-qizlar uchun quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi:


1. Eng yaxshi ixtiro;
2. Eng yaxshi foydali model;
3. Eng yaxshi sanoat namunasi;
4. Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va maʻlumotlar bazasi;
5. Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi;
6. Yosh olima ayolning eng istiqbolli innovatsion g‘oyasi (fan va texnologiyalarning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);
7. Yosh olimalar jamoasining eng istiqbolli innovatsion loyihasi (fan va texnologiyalarning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);
8. Yosh tadbirkor ayolning kichik biznes uchun eng istiqbolli innovatsion loyihasi (iqtisodiyot tarmoqlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha);
9. Taʻlim sohasidagi eng istiqbolli innovatsion loyiha (taʻlimning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha);
10. Omadli start (o‘z kichik korxonalarida innovatsion mahsulotlarni joriy qilmoqchi bo‘layotgan yosh tadbirkor ayollar uchun.);
11. O‘quvchi qizning eng istiqbolli innovatsion g‘oyasi (litsey va kollejlarning o‘quvchi qizlari uchun).
«O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» I Respublika tanlovining yakuniy bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritganlar joriy yilning fevral oyida e’lon qilinadi.

photo 2018 02 08 10 59 41photo 2018 02 08 11 02 05