TTPU

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va KHISO olimpiada maktabi tomonidan o‘tkazilayotgan “Matematika olimpiadasi” final bosqichining o‘tkazilish tartibi.

  1. O‘TKAZILISH TARTIBI VA SHARTLARI

1.1. Olimpiada ikki bosqichda: onlayn (13-aprel, olympiad.polito.uz platformasida) va oflayn (27-aprel, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida) tarzda o‘tkaziladi.

1.2. Olimpiadaning final bosqichi faqat oflayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

1.3. Olimpiadaning taqdirlash marosimi ham 27-aprel kuni natijalar to‘liq aniqlangandan keyin TTPUning konferensiyalar zalida bo‘lib o‘tadi.

  1. TOMONLARNING MAJBURIYATI VA JAVOBGARLIGI

2.1. Ishtirokchining majburiyatlari.

2.1.2. Olimpiadaning final bosqichida faqat saralash bosqichidan o‘tgan ishtirokchining aynan o‘zi qatnasha oladi.

2.1.3. Yuqori ball to‘plab, asosiy bosqichga o‘tgan ishtirokchi belgilangan kun va vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID guvohnomasi) bilan soat 9:00 dan kechikmasdan TTPU binosiga yetib kelishi kerak.

2.1.4. Asosiy bosqichda ishtirokchining yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan boshqa hech qanday buyumlar bo‘lmasligi kerak: telefon va turli gadjetlar, kalkulyator, shpargalka, kitob va hokazo narsalar.

2.1.5. Asosiy bosqichda ishtirokchi belgilangan vaqt ichida topshiriqlarni bajarib, uni nazorat xodimlariga taqdim etishi kerak.

2.1.6. Asosiy bosqichda g‘olib deb topilganlar va sovrinli o‘rin ishtirokchilari belgilangan soatda “Taqdirlash marosimi”da qatnashishlari kerak.

2.1.7. Umumiy qatnashchilarning 10 % idan oshmagan sondagi eng yuqori natija sohiblari ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda noutbuk va vaucherlar bilan taqdirlanadi.

2.2. Tashkilotchining majburiyatlari.

2.2.1. Asosiy bosqich offline tarzda o‘tkazilishi sabab, olimpiada o‘tkaziladigan binoni barcha sharoitlar bilan ta’minlash.

2.2.2. Olimpiada topshiriqlarini matematikadan kuchli bilim va tajribaga ega professional mutaxassislar tomonidan to‘g‘ri, aniq va bexato tuzlishini hamda maxfiyligini ta’minlash.

  1. MAXFIYLIK SIYOSATI

3.1. Ishtirokchi olimpiada tashkilotchilari tomonidan o‘z shaxsiga doir ma’lumotlardan olimpiada maqsadlarida foydalanish huquqiga ega.

3.2. Agar (2.1.2.) bandda sanab o‘tilgan toifaga kiruvchilardan tashqari shaxslar bunga amal qilmay, olimpiadada ishtirok etib g‘olib bo‘lishsa ham, ularga olimpiada g‘oliblari uchun ajratilgan mukofot va sovg‘alar berilmaydi!

  1. QUYIDAGI HOLLARDA SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN ISHTIROKCHILAR OLIMPIADANING ASOSIY BOSQICHIDAN CHETLATILADI VA NATIJALAR NOLLASHTIRILADI.

4.1. Ishtirokchi olimpiada o‘tkaziladigan binoga kirishda mikrokalkulyator, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan topshiriqlarni bajarish davomida foydalansa.

4.2. Bir shaxs boshqa shaxs o‘rniga kirishga urinsa.

4.2. Olimpiada materiallarini boshqa ishtirokchilarga uzatsa yoki ularga yordam bersa.

4.3. Olimpiada jarayonida ishtirokchilar bilan muloqotga kirishsa.

4.4. Olimpiada materiallarini binodan tashqariga olib chiqishga urinsa.

4.5. Olimpiada uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng olimpiada materiallarini topshirishdan bosh tortsa.

4.6. Olimpiada jarayonida videokuzatuvlar orqali ishtirokchining tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.