Вакансии

image_print

Xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha

xarakatlar ketma-ketligi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga xodimlarni ishga qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Universitetda faoliyat yuritmoqchi boʻlgan nomzod birinchi navbatda xodimlar boʻlimining hr.polito.uz veb sahifasida uning mutahassisligi boʻyicha boʻsh ish oʻrinlar mavjudligini “Boʻsh ish oʻrinlar (Vakansii)” sahifasi orqali tekshiradi.

2. Mavjud boʻsh ish oʻrni haqidagi barcha maʼlumotlar va nomzodga qoʻyiladigan talablar veb portalda toʻliq yozilgan boʻladi. Tegishli boʻsh ish oʻrin mavjud boʻlgan xolatda shu yerning oʻzidayoq onlayn tarzda naʼmunadagi maʼlumotnomani toʻldiradi va u maʼlumotnoma xodimlar boʻlimining bazasiga kelib tushadi.

Tegishli boʻsh ish oʻrin mavjud boʻlmagan xolatlarda esa nomzod oʻz xoxshiga binoan onlayn tarzda maʼlumotnomani toʻldirib qoldirishi mumkin boʻladi. Bunday maʼlumotnomalar esa xodimlar boʻlimining zaxiraviy bazasiga kelib tushadi va shu mutaxassislik boʻyicha ish oʻrni boʻshaganda ushbu zaxiradagi nomzodlarga qayta aloqaga chiqilib, ularning nomzodlari koʻrib chiqiladi.

3. Maʼlum muddatda toʻplangan nomzodlarning maʼlumotnomalari xodimlar boʻlimi mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, rahbariyatga taklif kiritiladi.

4. Rahbariyat va xodimlar boʻlimi bilan birgalikda saralangan nomzodlar suhbatga chaqiriladi (suhbat komissiyasi tarkibiga rektor, prorektor, xodimlar boʻlimi boshligʻi va tegishli boʻlim boshligʻi kiradi) va suhbatda ish beruvchining talablariga mos kelgan holatda nomzod ishga qabul qilinadi. Ishga, nomzod oy oylik maosh toʻlangan holda sinov muddatda ishga qabul qilinadi.