Qabul

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2019/2020 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI
1.1. KIRISH
Ushbu reglament Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining (TTPU) Bakalavriat bosqichi uchun qabul qoida va talablarini o’zida aks ettiradi.
1.2. Yo’nalishlar va o’rinlar soni
2019/2020 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Bakalavriat bosqichining har bir yoʻnalishi uchun qabul kvotasi quyidagicha taqsimlanadi:
Yoʻnalish nomi O‘rinlar soni
Mashinasozlik texnologiyasi 200
Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura 50
Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari 150

1.3. Qabul tartibi va hujjat topshirish muddati

1.3.1. Kirish imtihoni:

TTPU tomonidan taqdim etilgan barcha bakalavr dasturlari «mahalliy rejalashtirilgan qabul qilish» tizimiga asoslangan. Talabalar uchun oʻrinlar soni cheklangan boʻlib, belgilangan kvota doirasida oʻrinlar soni toʻlgunga qadar kirish imtihonida eng yuqori ball toʻplagan abiturientlargina oʻqiy oladilar. Kirish imtihonida toʻplangan ball faqat 2019-2020 oʻquv yili uchun amal qiladi.

Kirish imtihonida yuqori ball toʻplagan abiturientlar birinchi bosqichni (tayyorlov bosqichi) o’tkazib yuborishi va ikkinchi bosqichda oʻqishni boshlashlari mumkin, bu 1.4-bo’limda ko’rsatilgan til talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Ariza beruvchi (abiturient) ushbu imkoniyatdan voz kechishga va birinchi bosqichdan o’qishni davom ettirishga haqlidir.

TTPUga qabul, Qabul komissiyasi koordinatori, Oʻquv va Ilmiy ishlar boʻyicha prorektorning qaroriga asosan Rektor buyrug’i bilan tartibga solinadi.

1.3.2. 1-BOSQICH On-layn roʻyxatdan oʻtish: Ro’yxatdan o’tish muddati 8-Apreldan 29-Iyun 18:00 gacha.
On-layn anketa toʻldirish da amalga oshiriladi. Iltimos, on-layn anketani to`ldirishda ushbu yo`riqnomadan foydalaning.

1-bosqichdan o’tish majburiy bo’lib, abiturientlar ushbu bosqichni amalga oshirmay 2-bosqichga o’ta olmaydilar.

2-BOSQICH Qabul jarayonini shaffofligini ta’minlash maqsadida abiturientlarning barmoq izlari olinadi hamda ular rasimga tushiriladi. Buning uchun abiturient pasport, oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom, diplom olinmagan boʻlsa – oʻqishni tugatganligi haqida ma’lumotnoma (asli nusxasi) bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga kelishlari shart. Abiturientning  barmoq izi olinib u rasimga tushirilgandan soʻng barcha hujjarlar qaytariladi. (Manzil: Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095; Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi) – Qabul davri:   8-Apreldan 29-Iyun 18:00 gacha.

On-layn shaklni toʻldirmagan, barmoq izlari va rasimga tushgani kelmagan abiturientlar kirish imtihonlariga qoʻyilmaydi!

1.3.3. Onlayn test (on-line): Kirish imtihonlari test shaklida boʻlib, qiyinlik darajasi  Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta ta’lim oʻquv dasturi darajasida boʻladi.

Onlayn (on-line) test quyidagilardan iborat:

  • Matematika: 18 ta savol (40 daqiqa).
  • O’qib tushunish: 6 ta savol (12 daqiqa).
  • Mantiq: 6 ta savol (12 daqiqa).
  • Fizika: 12 ta savol (26 daqiqa)

On-line test 42 savoldan iborat boʻlib, 90 daqiqa davom etadi. Barcha savollar 5 ta javoblar variantidan iborat boʻlib, ulardan bittasi toʻgʻri.

Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:

  • 1 ball– agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)
  • -0.25– notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)
  • 0 ball– javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)
  • Barcha fanlar boʻyicha test ingliz tilida oʻtkaziladi.

1.3.4. Test oʻtkazish vaqti: 3 –4– 5 – iyul (Test oʻtkazish joyi: Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti, Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095).

1.3.5. Test natijalari: Abiturientlar to’plagan ballarini onlayn testni yakunida bilib oladilar. Abiturientlarning to’liq ro’yxati to’plagan ballarning (imtihon natijalarining) foiz ko’rsatkichidagi ketma-ketligi iyul oyida e’lon qilinadi.

Imtihon natijalari e’lon qilingandan soʻng oʻqishga tavsiya qilingan abiturientlar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga topshirishlari shart:

  • Ariza: ariza belgilangan tartibda toʻldirilishi va Qabul Komissiyasi mas’ul xodimi huzurida imzolanishi kerak;
  • Passport (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • 086-U tibbiy ma’lumotnomasi (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • 3×4 oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat;
  • 1 ta papka (skoro shivatel), o’rta o’lchamdagi konvert;
  • Oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom va ilovasi;
  • IELTS sertifikati kamida 5 ball (boshqa turdagi ingliz tili sertifikatini topshirish boʻyicha ma’lumotlar bilan 4 boʻlimda tanishib chiqing).

Hujjatlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Qabul Komissiyasi tomonidan Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095 manzili boʻyicha qabul qilinadi. (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi).

1.3.6.Kirish imtihonidan ozod etilish shartlari (chet el fuqarolari-abiturientlari uchun)

Bu boʻlim quyida koʻrsatilgan sertifikatlarga ega boʻlgan chet el fuqarolariga tegishli. Agar abiturientlar quyida koʻrsatilgan sertifikatlardan biriga ega boʻlsa va uning natijasi jadvalda koʻrsatilgan natija bilan bir xil yoki undan ortiq boʻlsa, ular 1.3.1 boʻlimiga asosan birinchi bosqichni oʻqimay 2-bosqichdan oʻqishni boshlashlari mumkin. Bu haqidagi yakuniy qarorni Qabul komissiyasi va uning kordinatori, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor beradi. Kirish imtihonlarini topshirish majburiy boʻlgan davlatlar uchun imtihonni topshirganligini tasdiqlovchi maxsus sertifkat taqdim etilishi shart.

Certificates considered equivalent to the admission test

GRE (General Test) with a minimum score of 153 in the “Verbal” section and 144 in “Quantitative” section and any score in the “Analytical Writing” section

GMAT with a minimum score of 500 in the two sections “Verbal” and “Quantitative”, with any score in the “Analytical Writing” section.

SAT (until Mar. 2016). Test SAT (sections: Critical reading, Writing, Mathematics) and SAT Subject Test (sections: Physics and Mathematics Level 1 or 2), with a minimum score of 500 in each section. The three sections of the Test SAT test can be replaced by ACT Test with a minimum score of 20.

SAT (after Mar. 2016). SAT (sections: Evidence-Based Reading and Writing, Math) and SAT Subject Test (sections: Physics and Mathematics Level 1 or 2), with a minimum score of 500 in each section. The two sections of the SAT test can be replaced by ACT Test with a minimum score of 20.

 1.4. Ingliz tili sertifikati

TTPU ning birinchi bosqichiga qabul qilinish uchun abiturientlar 4.5 balldan kam boʻlmagan IELTS sertifikati ( akademik) ga ega boʻlishlari shart.

TTPU ning ikkinchi bosqichida taxsil olish uchun 5 yoki undan yuqori boʻlgan IELTS sertifikati ( akademik) talab qilinadi.

Quyida ingliz tili sertifikati oʻrnida qabul qilinishi mumkin boʻlgan sertifikatlar va ingliz tili sertifikatini taqdim etishdan  ozod etilishi mumkin boʻlgan holar keltirilgan.

TTPU da IELTS sertifikati ( akademik) oʻrniga ekvivalent sifatida tan olinadigan sertifikatlar:

Examination Board Certificate Minimum requirements
IELTS

https://www.ielts.org/

IELTS General Training 5.0
Cambridge Assessment English

http://www.cambridgeenglish.org/exams-andtests/

qualifications/general

 

formerly known as:

Cambridge English Language Assessment

http://www.cambridgeenglish.org/exams

All certificates  Cambridge English Scale: score 15
BULATS Reading & Listening: overall score 54

Writing  e  Speaking:  at  least  one  B2  in  one  of  the

Tests

 

 

Cambridge English Language Assessment http://www.cambridgeenglish.org/exams/

Cambridge English: PRELIMINARY (PET)  Pass with Merit
 

BULATS

Reading & Listening: overall score 54

Writing and Speaking: at least one B2 in one of the tests

 

 

ETS

http://www.ets.org/toefl

TOEFL ibt 62
TOEFL cbt 210
TOEFL pbt 547
 

TOEIC

 Listening: 360 Reading: 350

Speaking: 150 Writing: 140

Pearson  http://pearsonpte.com/ Pearson Test of English Academic  51
LCCI – EDI / Pearson http://qualifications.pearson.com/en/qualifications/lcci.html  

JETSET

     JETSET Level 4

Reading, Writing, Listening e Speaking: pass with overall score (“total”) “Distinction”

Trinity Trinity ISE I Reading, Writing, Listening, Speaking: pass with overall result “Distinction” in all the tests

Siz quyida koʻrsatilgan hollarda IELTS 5.0 sertifikatini topshirishdan ozod etilishingiz mumkin:

  • Siz kamida 1 yil davomida ingliz tilida dars olib boriladigan oʻquv yurtida ta’lim olgan boʻlsangiz. Bu holda oʻquv yurti “darslar ingliz tilida olib borilishi” haqida sertifikat taqdim etishi kerak;
  • Italiya ta’lim vazirligi tomonidan tan olingan, oʻrta maktabni yakunlaganini tasdiqlovchi, “diploma di maturità” ga teng keladigan yoki ta’lim tili ingliz tili boʻlgan oliy oʻquv yurtida ta’lim olgan boʻlsangiz. Har ikki holatda ham ta’lim dargohi “ta’lim tili ingliz tili” ekanligi haqida hujjat taqdim etishi kerak.

 

1.5. TTPU da ta’lim olish uchun toʻlov miqdori: Bir akademik yil Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ta’lim olish uchun toʻlov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi.

QOʻSHIMCHA MA’LUMOT UCHUN

On-layn anketani toʻldirish, ariza yoki boshqa turdagi ma’lumotlar yuzasidan qoʻshimcha ma’lumotlar uchun bevosita Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining quyidagi keltirilgan manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Elektron manzil: admission@polito.uz

Telefon raqamlari: 71 246-63-48, 71 246-80-51