Qabul

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2018/2019 O‘QUV UCHUN MAGISTRATURA BOSQICHIGA QABUL QILISH QOIDALARI VA HUJJATLAR TOPSHIRISH MUDDATI

 

KIRISH

Ushbu qoidalar Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining (TTPU) Magistratura bosqichi uchun qabul qoida va talablarini o’zida aks ettiradi.

Yo’nalishlar va o’rinlar soni

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18/04/2018 dagi №295-sonli Qaroriga asosan, 2018/2019 o’quv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti magistratura bosqichiga (Bolonya jarayoni bo’yicha Fan magistri) hujjat qabul qiladi:

 

Yoʻnalish nomi O‘rinlar soni
Mexatronika 25

 

Qabul tartibi va hujjat topshirish muddati

(yaqin kunlarda e’lon qilinadi)

Ariza topshirish ikki bosqichdan iborat:

1-BOSQICH On-layn roʻyxatdan oʻtish: Ro’yxatdan o’tish muddati va on-layn forma yaqin kunlarda taqdim qilinadi.

2-BOSQICH Hujjatlarni taqdim etish: Qabul davri: yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Qabul komissiyasiga topshiriladigan hujjatlar ro’yxati.

  • Ariza: ariza belgilangan tartibda toʻldirilishi va Qabul Komissiyasi mas’ul xodimi huzurida imzolanishi kerak;
  • Passport (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • 086-U tibbiy ma’lumotnomasi (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • 3×4 oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat;
  • Harbiy guvohnoma (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • 1 ta papka (skoro shivatel), o’rta o’lchamdagi konvert;
  • Bakalavr diplomi va ilovasi, diplom olinmagan boʻlsa – oʻqishni tugatganligi haqida Ma’lumotnoma va Ilova (asli va nusxasi) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • IELTS certifikati: kamida 5.0 ballik

 

Hujjatlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Qabul Komissiyasi tomonidan Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095 manzili bo’yicha qabul qilinadi. (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi).

Kirish imtihonlari kuni: (tez kunlarda e’lon qilinadi)

Ingliz tili sertifikati

TTPU ning magistratura bosqichida tahsil olish uchun 5.0 yoki undan yuqori bo’lgan IELTS sertifikati (akademik) talab qilinadi.

TTPU da ta’lim olish uchun to’lov miqdori: 1 akademik yil Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ta’lim olish uchun to’lov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil etadi.

 

QO’SHIMCHA MA’LUMOT UCHUN

On-layn anketani toʻldirish, ariza yoki boshqa turdagi ma’lumotlar yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlar uchun bevosita Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining quyidagi keltirilgan manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Elektron manzil: admission@polito.uz

Telefon raqamlari: 246-80-51, 246-63-48